• Sevgi — eng oliy xislat

  • |1 Corintios 13:1| Agar men insonlarning va farishtalarning tillarida gapirsam–u, lekin sevgim bo‘lmasa, jaranglaydigan mis cholg‘u, yangraydigan zang bo‘lib qolaman.

  • |1 Corintios 13:2| Agar menda Xudoning so‘zini yetkazish in’omi bo‘lsa, butun sirlardan voqif bo‘lib, har qanday bilimga ega bo‘lsam, agar tog‘larni ko‘chiradigan imonga ega bo‘lsam–u, lekin sevgim bo‘lmasa, men hech narsaga arzimas inson bo‘lib qolaman.

  • |1 Corintios 13:3| Bor mulkimni muhtojlarga taqsimlab bersam, menga sharaf keltirsin deb, hatto qiynoqlarga rozi bo‘lsam–da, lekin sevgim bo‘lmasa, bularning menga foydasi yo‘q.

  • |1 Corintios 13:4| Sevgi sabr–toqatli va mehribondir. Sevgi hasad qilmaydi, maqtanmaydi, kekkaymaydi.

  • |1 Corintios 13:5| Sevgi odobsizlik qilmaydi, xudbinlik qilmaydi, achchiqlanmaydi, kek saqlamaydi.

  • |1 Corintios 13:6| Sevgi nohaqlikdan sevinmaydi, aksincha, haqiqat qaror topganda shodlanadi.

  • |1 Corintios 13:7| Sevgi har narsani ko‘taradi, hech qachon ishonchini yo‘qotmaydi, har sharoitda umid saqlaydi, har narsaga toqat qiladi.

  • |1 Corintios 13:8| Xudoning so‘zini yetkazish in’omi ham, noma’lum tillarda gapirish in’omi ham yo‘q bo‘ladi, bilim ham bartaraf bo‘ladi. Sevgi esa aslo ado bo‘lmaydi.

  • |1 Corintios 13:9| Mana, hozir bilimimiz to‘liq emas, Xudoning so‘zini yetkazish qobiliyatimiz ham cheklangan.

  • |1 Corintios 13:10| Kamolot zohir bo‘lganda esa to‘liqsiz narsalar bartaraf bo‘ladi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.