• Muqaddas Ruh beradigan in’omlar haqida

  • |1 Corintios 12:1| Ey birodarlarim, endi Muqaddas Ruh beradigan in’omlar masalasiga kelsak, bu haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lishingizni xohlayman.

  • |1 Corintios 12:2| Esingizdami, sizlar Xudosiz bo‘lgan paytlaringizda yo‘ldan ozib, gung butlarga sajda qilar edingiz.

  • |1 Corintios 12:3| Shuning uchun quyidagilarni bilishingizni xohlayman. Xudoning Ruhidan ilhom olayotgan hech kim Isoni la’natlamaydi, shuningdek, hech kim Muqaddas Ruhning ilhomisiz Isoni Rabbim, deb ayta olmaydi.

  • |1 Corintios 12:4| Ruh beradigan in’omlar har xildir, ammo Ruh birdir.

  • |1 Corintios 12:5| Xizmat qilish yo‘llari har xildir, Rabbimiz Iso esa birdir.

  • |1 Corintios 12:6| To‘g‘ri, xizmatlar har xildir, lekin odamlarning hayotida ularni yuzaga keltirayotgan Xudo birdir.

  • |1 Corintios 12:7| Umumiy manfaat uchun Muqaddas Ruh har kimda o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi.

  • |1 Corintios 12:8| Bir odamga Ruh orqali donolik bilan gapirish qobiliyati beriladi, boshqa birovga esa xuddi shu Ruh orqali ilm–ma’rifatga to‘la so‘zlarni gapirish qobiliyati beriladi.

  • |1 Corintios 12:9| O‘sha Ruh orqali kimgadir kuchli bir imon beriladi, boshqa birovga esa shifo berish in’omi beriladi.

  • |1 Corintios 12:10| Ba’zilarga mo‘jizalar ko‘rsatish qobiliyati, boshqalarga Xudoning so‘zini yetkazish in’omi berilgan. Yana boshqalarga esa ruhlarning farqiga borish in’omi berilgan. Kimgadir noma’lum tillarda gapirish in’omi berilgan bo‘lsa, boshqalarga bu tillarni ta’bir qilish in’omi berilgan.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.