• Pavlus bayon etgan xabarning asosi

  • |1 Corintios 2:1| Ey birodarlar, men sizlarga Xudoning sirli rejasini e’lon qilishga borganimda, so‘zamollik va insoniy donolik bilan gapirmadim.

  • |1 Corintios 2:2| Orangizda bo‘lganimda, Iso Masih va Uning xochga mixlanganidan boshqa hech narsa haqida gapirmaslikka qaror qildim.

  • |1 Corintios 2:3| Oldingizga zaifligu qo‘rquv hissi bilan titrab bordim.

  • |1 Corintios 2:4| Men sizlarga Xushxabar aytib, va’z qilganimda, donolik qilib ishontirishga urinmadim, balki Xudoning Ruhi va qudratiga asoslandim.

  • |1 Corintios 2:5| Toki sizlarning imoningiz inson donoligiga emas, balki Xudoning qudratiga asoslansin.
  • Xudoning donoligi

  • |1 Corintios 2:6| Biz yetkazgan xabarni ruhan yetuk insonlar hikmatu donolik, deb tan oladilar. Ammo bizning donoligimiz bu dunyoga yoki bu dunyoning o‘tib ketadigan hukmronlariga munosib bo‘lgan donolik emas.

  • |1 Corintios 2:7| Biz Xudoning pinhon tutilgan sirli donoligi haqida gapiramiz. Bu donoligi bilan Xudo dunyo bino bo‘lishidan avvalroq biz uchun najot rejasini tayyorlab qo‘yilgan edi, toki biz Xudoning ulug‘vorligidan bahramand bo‘laylik.

  • |1 Corintios 2:8| Bu dunyoning hukmronlari Xudoning donoligini tushunmadilar. Tushunganlarida edi, ulug‘vor Rabbimiz Isoni xochga mixlamagan bo‘lardilar.

  • |1 Corintios 2:9| Biz Muqaddas Bitiklarda yozilgan sirli reja haqida gapiryapmiz: “Xudoni yaxshi ko‘rganlar uchun Xudoning O‘zi qanday ajoyibotlarni tayyorlab qo‘yganini hech bir ko‘z ko‘rmagan, hech bir quloq eshitmagan, ular hech kimning xayoliga kelmagan.”

  • |1 Corintios 2:10| Bizlarga esa Xudo bularni O‘zining Ruhi orqali oshkor qildi. Chunki Muqaddas Ruh hamma narsadan, hatto Xudoning chuqur o‘y–fikrlaridan ham ogohdir.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.