• Jamoatdagi axloqsizlikni yo‘q qilish haqida

  • |1 Corintios 5:1| Orangizda jinsiy axloqsizlik bor ekanligi haqida gaplar yuribdi. Bunday axloqsizlik hatto butparastlar orasida ham sodir bo‘lmagan ekan. Orangizdagi bir kishi o‘z otasining xotinini xotin qilib yashayotgan ekan.

  • |1 Corintios 5:2| Sizlar esa kekkayib yuribsizlar. Aksincha, motam tutib, bunday ish qilgan odamni orangizdan haydab chiqarishingiz kerak–ku!

  • |1 Corintios 5:3| [3-4] To‘g‘ri, hozir jismonan sizlar bilan emasman, ammo ruhan sizlar bilanman. Men go‘yo sizlarning yoningizda bo‘lgandek, bu ishni qilgan odam haqida allaqachon Rabbimiz Iso Masih nomi bilan hukm chiqardim. Sizlar birga yig‘ilganingizda Iso Masihning qudrati va mening ruhim sizlar bilan birga bo‘ladi.

  • |1 Corintios 5:4|

  • |1 Corintios 5:5| Shunda o‘sha odamni shaytonga topshiringlar, toki uning tanasi halokatga uchrasin, ruhi esa Rabbimiz Iso kelgan kunida xalos bo‘lsin.

  • |1 Corintios 5:6| Maqtanishingiz o‘rinli emas. Nahotki, ozgina xamirturush butun xamirni achitishini bilmasangizlar?

  • |1 Corintios 5:7| Orangizdan eski xamirturushni chiqarib tashlanglar, shu tariqa yangi xamirday bo‘linglar. Sizlar aslida xamirturushsiz xamirdaysizlar–ku! Chunki Masihning O‘zi jonini fido qilib, bizning Fisih qurbonligimiz bo‘ldi!

  • |1 Corintios 5:8| Shuning uchun Fisih bayramini nishonlaganday, yangi hayotimizni nishonlab yashaylik! Yomonlik va buzuqlik timsoli bo‘lgan xamirturushga hayotimizdan o‘rin bermay, soflik va haqiqat bilan kun kechiraylik.

  • |1 Corintios 5:9| Men oldingi maktubimda sizlarga jinsiy tomondan axloqsiz bo‘lgan odamlar bilan munosabatda bo‘lmaslik haqida yozgan edim.

  • |1 Corintios 5:10| Shubhasizki, bu dunyoning zinokorlarini, tamagirlarini, tovlamachilarini, butparastlarini nazarda tutmagan edim, aks holda sizlar bu dunyo bilan butunlay aloqani uzishingizga to‘g‘ri kelar edi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.