-
Hali ham go‘dakday bo‘lgan imonlilar
-
|1 Corintios 3:1| Eybirodarlar , sizlarga ruhan yetuk insonlarga gapirganday emas, balki bu dunyoga tegishli odamlarga gapirganday gapirdim. Yana sizlarga endiginaMasihga ishongan, imonda go‘dakday bo‘lgan insonlarga so‘zlaganday so‘zladim.
-
-
-
|1 Corintios 3:2| Sizlarga bergan ta’limotim milkka botadigan yegulikday emas, balki chaqaloqlarga kerak bo‘lgan sutday edi, chunki sizlar kuchliroq ta’limotga tayyor emas edingiz. Hozir ham tayyor emassiz,
-
-
-
|1 Corintios 3:3| chunki budunyo hali ham sizlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti. Orangizda janjalkashlik va kelishmovchiliklar bor ekan, bu sizlarning hali ham bashariy tabiatingiz ta’sirida, insoniy fikrlab yashayotganingizni ko‘rsatmaydimi?!
-
-
-
|1 Corintios 3:4| Axir, ba’zilaringiz: “Men Pavlusning shogirdiman”, boshqalaringiz esa: “Men Apollosning shogirdiman”, desangiz, sizlar insoniy fikrlab yashayotgan bo‘lmaysizmi?
-
-
-
Xudoning xizmatidagi hamkorlar
-
|1 Corintios 3:5| Axir, Pavlus kim? Apollos kim? Ular Xudoning xizmatkorlaridir, ular orqali sizlar imonga kelgansizlar. Har birimiz Egamiz bergan vazifani bajaramiz.
-
-
-
|1 Corintios 3:6| Men urug‘ ekdim, Apollos sug‘ordi, lekin Xudo parvarishlab, o‘stirdi.
-
-
-
|1 Corintios 3:7| Kim ekkani yoki sug‘organi muhim emas, eng muhimi o‘stiradigan Xudodir.
-
-
-
|1 Corintios 3:8| Ekuvchining ham, sug‘oruvchining ham maqsadi bir va ularning har biri o‘z mehnatiga yarasha mukofot oladi.
-
-
-
|1 Corintios 3:9| Biz Xudoning xizmatidagi hamkorlarmiz, sizlar esa Xudoning dalasisizlar. Ayni payda sizlar Xudoning imorati hamsizlar.
-
-
-
|1 Corintios 3:10| Xudoning marhamati bilan men mohir bir me’morday imoratning poydevorini qo‘ydim. Endi esa boshqalar uning ustiga qurilish qilyaptilar. Har kim qanday qilib qurayotganiga diqqat qilsin.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
