-
|1 Corintios 4:11| Hozirgacha och–yalang‘ochmiz, tashnalik va kaltaklarga bardosh beramiz, sarson–sargardon bo‘lib yuribmiz.
-
-
-
|1 Corintios 4:12| O‘z mehnatimiz bilan kun ko‘ryapmiz. Bizni haqorat qilsalar, duo qilamiz, quvg‘in qilsalar, chidaymiz.
-
-
-
|1 Corintios 4:13| Bizni g‘iybat qilsalar, yaxshilik bilan javob beramiz. Hozirgacha biz dunyoning supurindisi, hammaning axlatiday bo‘lib yuribmiz.
-
-
-
Pavlusning pand–nasihatlari
-
|1 Corintios 4:14| Men bularni sizlarni xijolatda qoldirmoq uchun emas, balki sevimli bolalarimga nasihat qilganday, sizlarga nasihat qilmoq uchun yozyapman.
-
-
-
|1 Corintios 4:15| Masihning yo‘lida minglab odamlar sizlarga ustozlik qilsa ham, sizlarning faqatgina bir ruhiy otangiz bor. Men sizlargaXushxabarni yetkazib, Iso Masih orqali sizlarning ruhiy otangiz bo‘ldim.
-
-
-
|1 Corintios 4:16| Shuning uchun sizlarga yolvoraman, mendan o‘rnak olinglar.
-
-
-
|1 Corintios 4:17| Ana shu maqsadda men RabbimizIsoga sodiq bo‘lgan sevimli o‘g‘lim Timo‘tiyni sizlarning oldingizga yuboryapman. Har yerda va har birimonlilar jamoatida ta’lim berar ekanman, Iso Masihga tegishli bo‘lib, qanday hayot kechirayotganligimni u sizlarga bildiradi.
-
-
-
|1 Corintios 4:18| Orangizda ba’zilar: “Pavlus kelmas ekan”, deb kekkayib, bilganini qilayotgan ekan.
-
-
-
|1 Corintios 4:19| Ammo Rabbimiz Iso xohlasa, men yaqin orada oldingizga boraman. Shunda nafaqat bu takabbur odamlar qanday gaplar gapirayotganlarini, balki ularda qanday kuch borligini sinab ko‘raman.
-
-
-
|1 Corintios 4:20| ChunkiXudoning shohligi quruq so‘zlar bilan emas, balki kuch–qudrat bilan namoyish etiladi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
