Oseas

  • Isroil xalqi jazolanadi

  • |Oseas 9:1| Ey Isroil, bas qil shodligingni! Boshqa xalqlarday nishonlading sen bayramingni! Sen Xudoga bevafolik qilding. Baalga fohishaday sajda etding, Olgan hosilingni Baaldan to‘lov deb bilding.

  • |Oseas 9:2| Endi xirmonu sharob meshlaring senga yetarlicha ozuqa bermas, Yangi sharobing chanqog‘ingni bosmas.


  • |Oseas 9:3| Sen Egamizning yurtida qolmaysan, Misrga qaytib ketasan. Ossuriyada xarom ovqat yeysan.

  • |Oseas 9:4| Egamizga sharob nazr qila olmaysan, Keltirgan qurbonliklaring Unga ma’qul bo‘lmaydi. Bunday qurbonliklar azadorning noniga o‘xshaydi, Undan yeganlarning hammasi bulg‘anadi. Zero, sening noning qorin uchun xolos, Bunday nonlar Egamizning uyiga kiritilmaydi, Egamizga ular nazr qilinmaydi.

  • |Oseas 9:5| Ey Isroil, endi sen tayinlangan bayramlarni o‘tkaza olmaysan! Egamizning muqaddas yig‘inlarini nishonlay olmaysan!

  • |Oseas 9:6| Sen ofatdan qochib qutulsang ham, Misr senga changalini soladi, Poytaxti Nuf senga qabr bo‘ladi. Kumush xazinalaring yantoqqa nasib bo‘ladi, Chodirlaringni tikanak o‘t bosadi.

  • |Oseas 9:7| Mana, hisob–kitob vaqti keldi! Jazo olish vaqti yetdi! Ey Isroil, tez orada sen bundan xabar topasan. Axir, ko‘plab gunohlaring sababli, Cheksiz adovatga to‘lgansan. Sen payg‘ambarlarni ahmoq hisoblaysan, Ruhdan ilhomlangan odamlarni telba, deb bilasan.

  • |Oseas 9:8| Ey Efrayim xalqi, Egam meni sizlarga posbon qildi. Ammo sizlar payg‘ambarlarni tuzoqqa tushirdingiz, Xudoyingizning uyini adovatga to‘ldirdingiz.

  • |Oseas 9:9| Givoda razillik qilgan ajdodlaringizga o‘xshab qoldingiz, Ularday yaramas ishlarga berilib ketdingiz. Ammo Xudo jinoyatingizni esga oladi, Gunohingizga yarasha jazoingizni beradi.
  • Isroilning gunohi va uning oqibati

  • |Oseas 9:10| Egamiz shunday deydi: “Men Isroilni ilk bor topganimda, Sahroda uzum solgan tokni topganday bo‘ldim. Ha, ota–bobolarini birinchi ko‘rganimda, Anjirning chillaki mevalarini ko‘rganday bo‘ldim. Ammo ular Piyordagi Baalga kelganda, O‘zlarini o‘sha sharmanda butga bag‘ishladilar. Ko‘ngil qo‘ygan o‘sha butday jirkanch bo‘lib qoldilar.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.