-
|Oseas 12:1|Efrayim garmsel boqib yurar,Kun bo‘yi sharqdan esgan shamol ketidan quvar. Yolg‘onu zo‘ravonlikni u orttirar. Ossuriya bilan sulh tuzib,Zaytun moyini Misrga jo‘natar.
-
-
-
|Oseas 12:2|Yahudoga Egamiz da’vo qiladi.Yoqub naslining ta’zirini U beradi,Tutgan yo‘liga yarasha uni jazolaydi.
-
-
-
|Oseas 12:3|Onasining qornidayoq Yoqub akasi bilan talashgan, Ulg‘aygach esa Xudo bilan olishgan.
-
-
-
|Oseas 12:4|Farishta bilan olishib, uni yenggan edi, Keyin yig‘lab, iltifot qilishini so‘ragandi. Baytilda Yoqub Xudoni topgandi, O‘sha yerda Xudo bilan suhbat qurgandi.
-
-
-
|Oseas 12:5|Sarvari Olam — Xudo O‘shadir,Egamizdir Uning nomi!
-
-
-
|Oseas 12:6|Ey Yoqub nasli, Xudoyingizga qayting. Sevgi va adolatga intiling, Sabr–toqat ila Xudodan umid qiling.
-
-
-
Chiqarilgan hukmlarning davomi
-
|Oseas 12:7|Egamiz shunday deydi: “Xalqim tarozidan urgan savdogarga o‘xshaydi, Firibgarlik qilishni ular xo‘p yaxshi ko‘radi.
-
-
-
|Oseas 12:8|‘O, men boyman’, deb maqtanasan, ey Efrayim. ‘Men o‘zimga davlat orttirdim, Borimni peshana terim bilan topdim. Hech kim meni gunohda ayblay olmas.’
-
-
-
|Oseas 12:9|Ammo Egangiz Xudo — Menman, Seni Misrdan olib chiqqanman. Men senga sahroda zohir bo‘lar edim, O‘sha davrdagiday seni yana chodirlarda yashattiraman.
-
-
-
|Oseas 12:10|Men payg‘ambarlarga gapirgandim, O‘zim ularga ko‘p vahiylar bergandim, Ular orqali matallar aytgandim.”
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
