-
Isroilga chiqarilgan so‘nggi hukm
-
|Oseas 13:1|Egamiz shunday deydi:“Ilgari Efrayim gapirganda hammani titroq bosardi,Isroilda uning martabasi ulug‘ edi.Ammo Efrayim Baalga sajda qilib, gunoh orttirdi, Shunday qilib, o‘zini o‘limga mahkum etdi.
-
-
-
|Oseas 13:2|Hozir ham xalqim gunoh ustiga gunoh qilishar. O‘zlariga butlar yasashar, Kumushdan mahorat bilan sanamlar ishlashar, Bularning barchasi bor–yo‘g‘i hunarmandning ishi! Bunday odamlar to‘g‘risida bordir bir matal: Butga qurbonlik qilgan — buzoqni o‘pgan bo‘lar!
-
-
-
|Oseas 13:3|Shuning uchun ular tonggi tumanday bo‘ladi, Birpasda g‘oyib bo‘ladigan shudringga o‘xshab qoladi. Shamol xirmondan uchirgan to‘ponday ular g‘oyib bo‘ladi, Mo‘ridan chiqadigan tutunga o‘xshab qoladi.
-
-
-
|Oseas 13:4|Ammo Egangiz Xudo — Menman. Ey Isroil, seni Misrdan olib chiqqanman. Mendan boshqa Xudoni sen bilmaysan, Mendan boshqa yo‘qdir najotkoring.
-
-
-
|Oseas 13:5|Men sahroda senga g‘amxo‘rlik qildim, Suvsiz qaqragan cho‘lda seni boqdim.
-
-
-
|Oseas 13:6|Seni boqqanimda qorning to‘ydi, Qorning to‘ygach, manman bo‘lib ketding, Shu sababdan sen Meni unutding.
-
-
-
|Oseas 13:7|Endi Men yo‘lingni qoplonday poylayman, Senga bir sherday hujum qilaman.
-
-
-
|Oseas 13:8|Bolalaridan ayrilgan ona ayiq kabi tashlanaman, Seni tilka–pora qilaman. O‘sha joydayoq seni sherday g‘ajiyman, Yirtqichga o‘xshab seni qonga belayman.
-
-
-
|Oseas 13:9|Ey Isroil, o‘z boshingga o‘zing balo orttirding, Axir, Menga — O‘z Madadkoringga qarshi chiqding.
-
-
-
|Oseas 13:10|Shaharlaringni qutqaradigan shohing qani?! ‘Bizga shohu hokimlar ber’, deb so‘ragan boshliqlaring qani?!
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
