Oseas

  • Odamlarning soxta tavbasi

  • |Oseas 6:1| Bu xalq shunday deydi: “Kelinglar, Egamizga qaytaylik! U bizni tilka–pora qildi, Shifoni ham O‘zi beradi. Bizni yarador qildi, Yaralarimizni O‘zi bog‘laydi.

  • |Oseas 6:2| Uning huzurida yashay olishimiz uchun, Ikki kunda bizni hayotga qaytaradi, Uchinchi kuni oyog‘imizga turg‘izadi.

  • |Oseas 6:3| Kelinglar, Egamizni bilishga intilaylik. Tong otishi muqarrar bo‘lganday, U albatta bizga zohir bo‘ladi, Kuz va bahorda yomg‘ir yog‘ishi tabiiy bo‘lganday, U albatta oldimizga keladi.”
  • Isroilning soxta sadoqati va oladigan jazosi

  • |Oseas 6:4| Egamiz shunday deydi: “Seni nima qilay, ey Efrayim?! Seni nima qilay, ey Yahudo?! Sening sevging tongdagi tumanday tez g‘oyib bo‘lar, Sahardagi shudring kabi bug‘lanib ketar.

  • |Oseas 6:5| Shuning uchun so‘zlarim bilan seni o‘lguday savaladim, Payg‘ambarlarim orqali seni chopib tashladim. Chiqargan hukmim chaqmoq kabi seni uradi.

  • |Oseas 6:6| Zero, Men qurbonlikni emas, Rahm–shafqatni istayman, Kuydirilgan qurbonliklarni emas, Meni tanib–bilishingni afzal ko‘raman.


  • |Oseas 6:7| Xalqim Odam Atoday ahdni buzdi, Evoh, Menga bevafolik qildi.

  • |Oseas 6:8| Gilad — yovuzlarning shahridir, Ko‘chalari qon dog‘lariga to‘ladir.

  • |Oseas 6:9| Ruhoniylar qaroqchilarga o‘xshaydi, Ular pistirmada yotib, qurbonini poylashadi. Shakam shahri yo‘lida qotilliklar qilishadi, Ha, ular mudhish jinoyatlarga qo‘l urdi.

  • |Oseas 6:10| Men Isroilda dahshatli hodisani ko‘rdim: Efrayim bevafolik qildi! Isroil o‘zini bulg‘adi!



COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.