Oseas

  • Isroil xalqini Egamiz ayblaydi

  • |Oseas 4:1| Egamizning da’vosi bor bu yurt aholisiga, Ey Isroil xalqi, quloq tut Egamizning so‘ziga: “Bu yurt vafoyu sadoqatni bilmaydi, Ular Men, Xudoni tan olmaydi.

  • |Oseas 4:2| Qachon qaramasa la’nat aytishadi, Aldashadi, odam o‘ldirishadi, O‘g‘irlik qilib, fahsh ishlarga berilishadi. Hamma yoqda zo‘ravonlik, qotilliklar qilishadi.

  • |Oseas 4:3| Mana shuning uchun yurt qurib bormoqda, U yerda yashovchi xalq nobud bo‘lmoqda. Halok bo‘lmoqda yovvoyi hayvonlar, Ko‘kdagi qushlaru hatto dengizdagi baliqlar.
  • Egamiz ruhoniylarni ayblaydi

  • |Oseas 4:4| Birontangiz xalqni ayblamang! Ularga ta’na qilmang! Mening da’voim sizlarga qarshidir, Ey ruhoniylar!

  • |Oseas 4:5| Sizlar kechayu kunduz qoqilasizlar, Hatto payg‘ambarlar ham sizlar bilan birga qoqiladi. Sizlarni deb Men xalqingizni nobud qilaman!

  • |Oseas 4:6| Ana, xalqim Meni bilmagani uchun nobud bo‘lmoqda. Bu sizning aybingiz, ey ruhoniylar! Axir, sizlar voz kechdinglar Meni bilishdan, Endi Men ham voz kechaman sizdan. Mening ruhoniylarim bo‘lmaysizlar! Sizlar Xudoyingizning qonunlarini unutdingizlar, Shuning uchun Men ham farzandlaringizni unutaman.

  • |Oseas 4:7| Ey ruhoniylar, ko‘paygani sari sizning soningiz, Menga qarshi ko‘proq gunoh qildingiz. Endi ulug‘vorligingizni sharmandalikka almashtiraman.

  • |Oseas 4:8| Axir, sizlar xalqimning gunoh qurbonliklari bilan Qorningizni to‘yg‘izdingiz, Xalqimning qabihliklariga tashnadir siz.

  • |Oseas 4:9| Mana, Men xalqimni ham, Sizni ham birday jazolayman. Tutgan yo‘llaringiz, Qilgan qilmishlaringizga yarasha qaytaraman.

  • |Oseas 4:10| Sizlar yeysizlar, ammo qorningiz to‘ymaydi, Zino qilasizlar, ammo soningiz ko‘paymaydi. Sizlar Menga bo‘ysunmay qo‘ygansiz.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.