-
Isroilning gunohi va surguni
-
|Oseas 10:1|Isroil gurkiragan,Hosildor tok kabidir. Ammo hosili ko‘paygani sari, U ko‘plab qurbongohlar qurdi.Yurti ravnaq topgani sari, Butsimon toshlariga zeb berdi.
-
-
-
|Oseas 10:2|Ichi qora bu xalq endi ta’zirini yeydi. Xudo qurbongohlarini vayron qiladi, Butsimon toshlarini sindirib tashlaydi.
-
-
-
|Oseas 10:3|Ko‘p o‘tmay ular aytishadi: “Biz Egamizdan qo‘rqmadik,Shuning uchun shohimizdan ayrilib qoldik. Ammo shohning qo‘lidan nima ham kelardi?!”
-
-
-
|Oseas 10:4|Ular bema’ni gaplar gapirmoqda, Soxta qasamlar ichib, ahdlar tuzishmoqda. Natijada egatlardagi zaharli o‘tday, Da’volar unib chiqmoqda.
-
-
-
|Oseas 10:5|Samariya ahli Bayt–ObundagiOltin buzog‘idan xavotir oladi, Uning uchun ular aza tutishadi. Butidan xursand bo‘lgan ruhoniylar hamBut surgun bo‘lganidan yig‘lashadi.
-
-
-
|Oseas 10:6|Butning o‘zi Ossuriyaga olib ketiladi,Buyuk shohga taqdim qilinadi. Efrayim sharmanda bo‘ladi,O‘z rejalari dastidan Isroil uyatga qoladi.
-
-
-
|Oseas 10:7|Samariya shohi suvga g‘arq bo‘lgan payrahaday Halok bo‘ladi.
-
-
-
|Oseas 10:8|Isroilning gunohiga sabab bo‘lgan Obundagi sajdagohlar yo‘q qilinadi. Qurbongohlarini yantog‘u tikan bosadi. Odamlar tog‘larga: “Bizni bosib qoling!” deya baqirishadi. Qirlarga: “Ustimizga qulang!” deb yolvorishadi.
-
-
-
Isroilga Egamiz o‘z hukmini e’lon qiladi
-
|Oseas 10:9|Egamiz shunday demoqda:“Ey Isroil, sen Givoda gunoh qila boshlading, O‘sha yerda gunohdan chiqmay qoldi sening boshing. Givodagi jinoyatchilar jazosini olganday, Sen ham jazodan qochib–qutulolmaysan.
-
-
-
|Oseas 10:10|Men xohlagan paytimda jazoingni beraman. Senga qarshi xalqlarni birlashtiraman. Ikki barobar ko‘paygan jinoyatlaring uchun, Dushmanlar senga kishan soladi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
