-
|Oseas 10:11|Efrayim o‘rgatilgan buzoqqa o‘xshardi, Yanchishni u xo‘p yaxshi ko‘rardi. Mana endi uning go‘zal bo‘yniga, Men bo‘yinturuq taqaman. Endi unga omoch torttiraman. Qani, Yahudo shudgor qilsin!Yoqub o‘zi uchun mola bossin!
-
-
-
|Oseas 10:12|Ey Isroil, o‘zingiz uchun solihlik urug‘ini eking, Cheksiz sevgini o‘rib oling. Haydalmagan yeringizga ishlov bering, Vaqt keldi! Menga intiling! Shunda Men oldingizga boraman, Yomg‘ir yog‘dirganday, sizga najot beraman.
-
-
-
|Oseas 10:13|Sen yovuzlikni ekding, Adolatsizlikni o‘rib olding, Yolg‘onning mevasidan yeding. Sen o‘z yo‘lingga tayanganing uchun, Son–sanoqsiz sipohlaringga ishonganing uchun,
-
-
-
|Oseas 10:14|Jangu jadallar seni chetlab o‘tmaydi. Shoh Shalman Bayt–Arbelni jangda vayron qilganday, Xotin, bola–chaqalarni toshga urib o‘ldirganday, Hamma shaharlaring vayron bo‘ladi.
-
-
-
|Oseas 10:15|Ey Baytil, sen qabihliklar qilganing uchun, Bu kunlar boshingga tushadi. Tong otgach, ey Isroil, shohing o‘ldiriladi.”
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
