Oseas


  • |Oseas 1:1| Yahudo yurtida shohlar Uzziyo, Yo‘tom, Oxoz va Hizqiyo hukmronlik qilgan davrlarda Isroil taxtida Yo‘sh o‘g‘li Yorubom o‘tirgan edi. O‘sha vaqt mobaynida Beri o‘g‘li Xo‘sheyaga Egamiz O‘z so‘zlarini ayon qildi.
  • Xo‘sheyaning xotini bilan farzandlari

  • |Oseas 1:2| Egamiz dastlab Xo‘sheya orqali gapirishni boshlaganda, unga shunday degan edi: “Borib fohisha ayolga uylan, u senga begona erkaklardan orttirgan farzandlar tug‘ib beradi. Zotan, Mening xalqim ham fohishaga o‘xshaydi. Ular Menga bevafolik qilib, begona xudolarga sajda qilishmoqda.”

  • |Oseas 1:3| Xo‘sheya Diblayim qizi Go‘meraga uylandi. Go‘mera homilador bo‘lib, Xo‘sheyaga o‘g‘il tug‘ib berdi.

  • |Oseas 1:4| Egamiz Xo‘sheyaga dedi: “O‘g‘lingning ismini Yizril qo‘y. Chunki ko‘p o‘tmay Men Yohu xonadonini Yizril vodiysida qon to‘kkani uchun jazolayman. Isroil shohligini yo‘q qilaman.

  • |Oseas 1:5| O‘sha kuni Men Yizril vodiysida Isroilning kamonu o‘qlarini sindiraman.”

  • |Oseas 1:6| Go‘mera yana homilador bo‘lib, qiz tug‘di. Egamiz Xo‘sheyaga dedi: “Qizingning ismini Lo‘ruxamo, ya’ni ‘Rahmdan bebahra’, deb qo‘y. Chunki bundan buyon Men Isroil xonadoniga rahm qilmayman, ularni kechirmayman.

  • |Oseas 1:7| Yahudo xonadoniga esa rahm qilaman. Men, Egasi Xudo, ularga najot beraman. Qilichu kamon, jang–jadal, otlaru chavandozlar bilan emas, O‘z qudratim bilan ularni qutqaraman.”

  • |Oseas 1:8| Go‘mera qizini ko‘krakdan chiqargach, yana homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di.

  • |Oseas 1:9| Egamiz Xo‘sheyaga dedi: “O‘g‘lingning ismini Lo‘ami, ya’ni ‘Xalqim emas’, deb qo‘y. Chunki Isroil xalqi endi Mening xalqim emas, Men esa ularning Xudosi emasman.

  • |Oseas 1:10| Ammo shunday vaqtlar keladiki, Isroil xalqi dengizdagi qum kabi bo‘ladi, ularni na sanab, na o‘lchab bo‘ladi. Ularga: ‘Xalqim emas’, deb aytilgan bo‘lsa, kelajakda ular: ‘Barhayot Xudoning bolalari’, deb ataladi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.