Oseas


  • |Oseas 9:11| Efrayimning shuhrati qushday uchib ketadi. Ularda na farzand tug‘iladi, Na ayollari homilador bo‘ladi, Na pushti kamaridan bola bino bo‘ladi!

  • |Oseas 9:12| Farzand o‘stirish nasib qilgan taqdirda ham, Birontasini qoldirmay yo‘q qilaman. Holiga voy, ularni tark etaman!

  • |Oseas 9:13| Men Efrayimni ko‘rganimda, U Tir shahriga o‘xshardi, Go‘zal yerda joylashgandi. Ammo endi Efrayim o‘z bolalarini Qotil oldiga olib chiqadi.”


  • |Oseas 9:14| Ey Egam, bu xalqingga Sendan nima tilay?! Ayollarini bepusht qilgin, Emiza olmaydigan qilgin.


  • |Oseas 9:15| Egamiz shunday deydi: “Ularning har bir qabihligi Gilgaldan boshlangan, O‘sha yerda nafratlana boshladim ulardan. Qabih qilmishlari uchun, Ularni uyimdan haydab chiqaraman. Endi ularni sevmayman. Ularning hamma beklari Menga qarshi bosh ko‘targan.

  • |Oseas 9:16| Efrayim quladi, Uning ildizlari quridi, Meva berishga u ojiz bo‘ldi. Farzand ko‘rgan taqdirda ham, Avaylagan zurriyotini o‘ldiraman.”


  • |Oseas 9:17| Isroil xalqini Xudoyim rad etadi, Ular Xudoga itoat qilmadi. Xalqlar orasida darbadar bo‘lishadi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.