-
Elishayning beva ayolga yordami
-
|2 Reyes 4:1| Ilgari payg‘ambarlar guruhida bir payg‘ambar bo‘lar edi. O‘sha payg‘ambarning bevasi Elishayning oldiga kelib faryod qildi: — Sizga xizmat qilib yurgan mening erim vafot qildi. O‘zingiz bilasiz, uEgamizdan qo‘rqardi. Bir odam oldin qarz bergan edi. Endi u ikkala o‘g‘limni o‘ziga qul qilib olib ketgani keldi.
-
-
-
|2 Reyes 4:2| Shunda Elishay: — Ayt–chi, sen uchun men nima qilay? Uyingda nima bor? — dedi. — Bu cho‘ringizning uyidazaytun moyi solingan xumchadan boshqa hech vaqo yo‘q, — dedi ayol.
-
-
-
|2 Reyes 4:3| — Bor, hamma qo‘shnilaringdan bo‘sh idishlarini so‘rab ol, — dedi Elishay. — Iloji boricha ko‘proq so‘rab ol.
-
-
-
|2 Reyes 4:4| Borganingdan keyin o‘g‘illaring bilan birga uyga kirib, eshikni yopib qo‘y. So‘ng hamma idishgazaytun moyi quy, to‘lgan idishlarni nari surib qo‘yaver.
-
-
-
|2 Reyes 4:5| Ayol Elishayning oldidan ketgach, o‘g‘illari bilan birga uyga kirib, eshikni berkitdi. O‘g‘illari idishlarni uzatib turishdi, ayol esa quyaverdi.
-
-
-
|2 Reyes 4:6| Hamma idishlar to‘lgandan keyin, ayol o‘g‘liga: — Yana idish uzat, — dedi. — Boshqa idish yo‘q, — dedi o‘g‘li. Shundan so‘ng zaytunmoy ham oqmay qoldi.
-
-
-
|2 Reyes 4:7| Ayol payg‘ambar huzuriga kelib, bo‘lgan voqeani aytib berdi. — Bor, moyni sotib qarzingni to‘la, — dedi Elishay. — Ortib qolgan moyni ishlatib, o‘g‘illaring bilan kun kechir.
-
-
-
Elishay va Shunamlik boy ayol
-
|2 Reyes 4:8| Bir kuni Elishay Shunamga 1 keldi. U yerda bir boy ayol: “Menikiga kirib, choy–poy ichib keting”, deb iltimos qilib, ko‘ndirdi. Elishay qachon kelmasin, har doim tamaddi qilgani o‘sha ayolnikiga kirardi.
-
-
-
|2 Reyes 4:9| Bir kuni ayol eriga: — Shu yo‘ldan doimo o‘tib yuradigan odam Xudoningmuqaddas odami ekanini bilib oldim, — dedi.
-
-
-
|2 Reyes 4:10| — Keling, tom ustiga chog‘roqqina boloxona qurib, u yerga ko‘rpa–to‘shak,xontaxta , kursi,moychiroq qo‘yaylik. U biznikiga kelganda, boloxonada tursin.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
