2 Reyes

  • Yahudo shohi Yo‘sh

  • |2 Reyes 12:1| Isroil shohi Yohu yettinchi yil shohlik qilayotganda, Yo‘sh 1Yahudo shohi bo‘lgan edi. U Quddusda qirq yil hukmronlik qildi. Onasi Bersheva shahridan bo‘lib, ismi Zibiyox edi.

  • |2 Reyes 12:2| Yo‘sh umri bo‘yi Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi, chunki ruhoniy Yohayido unga yo‘l ko‘rsatardi.

  • |2 Reyes 12:3| Lekin sajdagohlar 2 hamon yo‘q qilinmagan, xalq hali ham o‘sha joylarda qurbonlik qilib, tutatqi tutatardi.

  • |2 Reyes 12:4| Yo‘sh ruhoniylarga farmon berdi: — Egamizning Ma’badiga ehson sifatida olib kelingan kumushni, doimiy soliqni, ont tufayli berilgan to‘lovni yoki ixtiyoriy berilgan hadyalarni to‘planglar.

  • |2 Reyes 12:5| Bu kumushlarni ruhoniylar olib keluvchilardan qabul qilib olib, Egamiz uyining buzilgan joylarini tuzatishga sarflashsin.

  • |2 Reyes 12:6| Yo‘sh shohligining yigirma uchinchi yilida ham ruhoniylar Egamiz uyining buzilgan joylarini hali tuzatmagan edilar.

  • |2 Reyes 12:7| Shundan keyin shoh Yo‘sh ruhoniy Yohayido bilan boshqa ruhoniylarni chaqirib: — Nimaga Egamizning uyini tuzatmayapsizlar? — dedi ularga, — endi odamlardan kumush olmanglar. Olgan kumushlaringizni Egamizning uyini tuzatishga beringlar.

  • |2 Reyes 12:8| Ruhoniylar xalqdan o‘zlari pul yig‘maslikka va Egamizning uyi ta’mirlanishini nazorat qilmaslikka rozi bo‘lishdi.

  • |2 Reyes 12:9| Ruhoniy Yohayido bir quti olib, qopqog‘i ustidan teshik ochdi. Uni qurbongohning yoniga — odamlar Egamizning uyiga kiradigan joyning o‘ng tomoniga joylashtirdi. Ostonada qorovul bo‘lib turgan ruhoniylar Egamizning uyiga keltirilgan hamma kumushni qutiga tashlayverishdi.

  • |2 Reyes 12:10| Qutida ko‘p pul yig‘ilganidan keyin, shohning mirzasi bilan oliy ruhoniy kelib, Egamizning uyiga keltirilgan kumushlarni qoplarga solib tortishdi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.