-
|2 Reyes 7:1| Elishay aytdi: —Egamizning so‘zini eshitinglar: U shunday demoqda: “Ertaga xuddi shu paytdaSamariya darvozasi oldida yarim tog‘ora 1 yaxshi un bir kumush tangadan 2, bir tog‘ora 3 arpa ham bir kumush tangadan sotiladi.”
-
-
-
|2 Reyes 7:2| Shohning eng yaqin amaldori shu yerda edi. U Elishayga: — HattoEgamiz osmonning qopqasini ochib, yomg‘ir yog‘dirganda ham shunday bo‘lmas–ov, — dedi. Shunda Elishay: — Sen ko‘zing bilan ko‘rasan, lekin senga nasib qilmaydi, — dedi.
-
-
-
Qamal tugaydi
-
|2 Reyes 7:3| Shu vaqtda shahar darvozasi tashqarisida teri kasalligiga 4 chalingan to‘rtta odam o‘tirib: “O‘limimizni kutib, shu yerda o‘tiraveramizmi?!” deb bir–biriga gapirdi.
-
-
-
|2 Reyes 7:4| “Agar shaharga kiradigan bo‘lsak, u yerda ocharchilik bo‘lyapti, biz ham o‘sha yerda o‘lib ketamiz. Shu yerda o‘tiraversak ham o‘lamiz. Yaxshisi, Oram lashkarining qarorgohiga boraylik. Agar bizni tirik qoldirishsa, yashaymiz, o‘ldirishsa, o‘lamiz.”
-
-
-
|2 Reyes 7:5| Ular oqshom payti Oram lashkarining qarorgohiga bormoqchi bo‘lishib, otlanishdi. Oram lashkarining qarorgohi chekkasiga kelib qarasalar, u yerda birorta ham odam yo‘q ekan.
-
-
-
|2 Reyes 7:6|Rabbiy Oram lashkarigajang aravalarining taqir–tuqurini, otlarning kishnashini, ko‘p lashkarning shovqin–suronini eshittirgan edi. Ular bir–birlariga: “Isroil shohi bizga qarshi hujum qilganiXet xalqini va Misrning shohlarini yollaganga o‘xshaydi”, dedilar.
-
-
-
|2 Reyes 7:7| Ular oqshom payti jonlarini qutqarish uchun chodirlarini, otlarini, eshaklarini, butun qarorgohni shundayicha tashlab qochib qolgan edilar.
-
-
-
|2 Reyes 7:8| O‘sha kasal odamlar qarorgohga kelib, bir chodirga kirdilar. Chodirda yeb–ichib, u yerdan kumush, oltin, kiyim–kechaklarni olib ketib, yashirib qo‘ydilar. Keyin qaytib kelib boshqa chodirga kirdilar, u yerdan ham topganlarini olib borib yashirdilar.
-
-
-
|2 Reyes 7:9| So‘ngra ular bir–birlariga aytdilar: — Biz to‘g‘ri ish qilmayapmiz. Bu kun — xushxabarlar yuz bergan kundir. Agar biz sustkashlik qilib, tong otishini kutsak, jazoga tortilishimiz aniq. Ketdik, shoh saroyiga borib xabar beraylik.
-
-
-
|2 Reyes 7:10| Kasal odamlar borib, shahar darvozabonlarini chaqirdilar–da, ularga shunday dedilar: — Biz Oram lashkarining qarorgohiga borgan edik. U yerda na biror tirik jon bor, na biror inson tovushi eshitiladi. Faqat bog‘lovliq otlar, eshaklar turgan ekan. Chodirlarni, qanday turgan bo‘lsa, shundayligicha tashlab ketibdilar.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
