-
Yahudo shohi Hizqiyo
-
|2 Reyes 18:1|Isroil shohi Xo‘sheya hukmronlik qilayotganiga uch yil bo‘lganda, HizqiyoYahudo hukmdori bo‘ldi. Hizqiyo Oxozning o‘g‘li edi.
-
-
-
|2 Reyes 18:2| Hizqiyo yigirma besh yoshda edi. U Quddusda yigirma to‘qqiz yil shohlik qildi. Onasining ismi Abiyo 1 bo‘lib, Zakariyo degan odamning qizi edi.
-
-
-
|2 Reyes 18:3| Hizqiyo, bobosi Dovud kabi,Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi.
-
-
-
|2 Reyes 18:4| U sajdagohlarni 2 yo‘qotdi,butsimon toshlarni parchalab tashladi,Asheraning ustunlarini kesdi. Muso bronzadan yasagan Naxushton nomli ilon tasvirini 3 ham sindirdi. Chunki Isroil xalqi o‘sha kungacha bronza ilon tasvirigaqurbonlik keltirardi.
-
-
-
|2 Reyes 18:5| Hizqiyo Isroil xalqining Xudosi —Egamizga ishonardi. Hizqiyogacha ham, undan keyin ham Yahudo shohlari orasida unga o‘xshagani bo‘lmadi.
-
-
-
|2 Reyes 18:6| Hizqiyo Egamizga nihoyatda sodiq bo‘lib, Uning yo‘llaridan ozmadi. Egamiz Musoga bergan amrlarni ijro etdi.
-
-
-
|2 Reyes 18:7| Egamiz Hizqiyo bilan bo‘ldi. Hizqiyo nima ish qilmasin, Egamiz uni barakali qildi. UOssuriya shohiga itoat qilmay, unga qarshi bosh ko‘tardi.
-
-
-
|2 Reyes 18:8| Hamma joyda — G‘azo va uning atroflarigacha, qishloqlardan tortib mustahkam shahargacha bo‘lgan joylarda Filistlarni mag‘lub qildi.
-
-
-
|2 Reyes 18:9| Hizqiyo shohligining to‘rtinchi yilida Ossuriya shohi ShalmanasarSamariyaga hujum qilib, qamal qildi. Bu paytda Isroil shohi Xo‘sheya yettinchi yil shohlik qilayotgan edi.
-
-
-
|2 Reyes 18:10| Qamalning uchinchi yilida 4 Samariya quladi. Hizqiyo hukmronligining oltinchi yilida va Isroil shohi Xo‘sheya hukmronligining to‘qqizinchi yilida Shalmanasar Samariyani oldi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
