-
Yahudo shohi Manashe
-
|2 Reyes 21:1| Manashe o‘n ikki yoshida shoh bo‘lib, Quddusda ellik besh yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Xafzibo edi.
-
-
-
|2 Reyes 21:2| UEgamiz oldida qabih ishlar qildi.Egamiz xalqiIsroilning oldidan quvib yuborgan xalqlarning jirkanch odatlariga ergashdi.
-
-
-
|2 Reyes 21:3| Otasi Hizqiyo yo‘q qilgan sajdagohlarni 1 qaytadan barpo etdi. U Isroil shohi Axab kabi, Baalga atabqurbongohlar qurdi,Asheraning ustunini o‘rnatdi. Barcha samoviy jismlarga sajda qilib xizmat etdi.
-
-
-
|2 Reyes 21:4| Manashe Egamizning ulug‘lanishi kerak bo‘lgan uyida begona xudolarga atab qurbongohlar qurdi.
-
-
-
|2 Reyes 21:5| Egamiz uyining ikkala hovlisida ham jamiki samoviy jismlarga sajda qilish uchun qurbongohlar barpo qildirdi.
-
-
-
|2 Reyes 21:6| O‘g‘lini olovda kuydiribqurbonlik qildi 2, follar ochtirdi, ta’birchilarga e’tiqod qildi, arvoh chaqiruvchilarga maslahat soldi. Egamiz oldida ko‘p qabih ishlar qilib, Uni g‘azablantirdi.
-
-
-
|2 Reyes 21:7| Manashe Asheraga atab o‘yib ishlangan ustunniEgamizning uyiga qo‘ydi. Egamiz bu uy to‘g‘risida Dovud bilan uning o‘g‘li Sulaymonga shunday degan edi 3: “Men bu uyni va Quddusni Isroil qavmlari yashaydigan maskanlar orasidan tanlab olganman. Men to abad o‘sha yerda ulug‘lanaman.
-
-
-
|2 Reyes 21:8| Ular amrlarimni ado etsalar, qulim Muso amr etgan hamma qonunlarga rioya qilsalar, Isroil xalqining ota–bobolariga Men bergan yerdan ular haydalishiga yo‘l qo‘ymayman.”
-
-
-
|2 Reyes 21:9| Ammo xalq quloq solmadi. Manashe xalqni shu qadar yo‘ldan ozdirdiki,Kan’on yurtidan Egamiz yo‘qotib yuborgan xalqlardan ham ko‘ra, ko‘proq qabih ishlar qildilar.
-
-
-
|2 Reyes 21:10| Egamiz O‘z qullari — payg‘ambarlar orqali shunday dedi:
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
