-
|2 Reyes 4:11| Kunlarning birida Elishay Shunamga kelganda, boloxonaga kirib, yonboshladi.
-
-
-
|2 Reyes 4:12| Keyin xizmatkori Gaxaziga: “Shunamlik ayolni chaqir”, deb buyurdi. Xizmatkor ayolni chaqirib keldi. Ayol kelgach,
-
-
-
|2 Reyes 4:13| Elishay xizmatkoriga gapirdi: — Bu ayolga shunday deb ayt: “Sen bizga g‘amxo‘rlik qilyapsan. Buning evaziga sen uchun nima qilaylik? Sening biror ishing yuzasidan shoh bilan yoki lashkarboshi bilan gaplashish kerak emasmi?” — Yo‘q, — dedi ayol, — men xalqim orasida yashasam, bas.
-
-
-
|2 Reyes 4:14| Elishay Gaxazidan: — Unday bo‘lsa, bu ayol uchun nima qilishim kerak? — deb so‘radi. — Uning o‘g‘li yo‘q ekan, eri esa keksayib qolibdi, — dedi Gaxazi.
-
-
-
|2 Reyes 4:15| — Chaqir uni! — buyurdi Elishay. Xizmatkor ayolni chaqirib keldi, ayol eshik oldida hozir bo‘ldi.
-
-
-
|2 Reyes 4:16| — Kelgusi yili xuddi shu paytda qo‘lingda o‘g‘lingni ko‘tarib yurgan bo‘lasan, — deb aytdi Elishay ayolga. — Yo‘q, hazratim, ey, Xudoning odami 2, bu cho‘ringizni behudaga umidvor qilmang, — dedi ayol.
-
-
-
|2 Reyes 4:17| Lekin Elishay aytganiday, ayol homilador bo‘lib, kelgusi yil o‘sha vaqtda o‘g‘il tug‘di.
-
-
-
|2 Reyes 4:18| Bola ulg‘ayaverdi. Bir kuni bola o‘roqchilar orasida ishlayotgan otasi yoniga borib:
-
-
-
|2 Reyes 4:19| “Voy boshim! Boshim og‘rib ketdi!” dedi otasiga. Otasi esa xizmatkoriga: “Onasiga olib bor”, deb buyurdi.
-
-
-
|2 Reyes 4:20| Xizmatkor bolani ko‘tarib, onasiga olib bordi. Bola tushgacha onasining tizzasida o‘tirdi–yu, so‘ngra vafot etdi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
