-
Dobira va Baraqning qo‘shig‘i
-
|Jueces 5:1|Abunavam o‘g‘li Baraq bilan Dobira o‘sha kuni shunday qo‘shiq kuylashdi:
-
-
-
|Jueces 5:2|“ Isroil yo‘lboshchilari yo‘l boshlaganda,Xalq fidoyilik ko‘rsatganda, Egamizga hamdu sanolar ayting!
-
-
-
|Jueces 5:3|Eshiting, sizlar, ey, shohlar! Quloq soling, ey, yo‘lboshchilar! Egamizga men qo‘shiq ayturman,Isroil xalqining Xudosi — Egamizni kuylab soz chalurman.
-
-
-
|Jueces 5:4|Sen, ey, Egam, Seirdan yo‘lga chiqqaningda, Edom bo‘ylab yurish qilganingda,Yer silkindi, osmon yomg‘irin quydi, Ha, bulutlar sharros yomg‘irin to‘kdi.
-
-
-
|Jueces 5:5|Tog‘lar titradi Sinaydagi Egamiz oldida, Isroil xalqining Xudosi — Egamizning oldida.
-
-
-
|Jueces 5:6|Onot o‘g‘li Shamgar davrida, Yovel zamonida yurmay qo‘ygandi karvon. Yo‘lovchilar so‘qmoqdan yurishga bo‘ldi majbur.
-
-
-
|Jueces 5:7|Isroil qishloqlari huvullab qoldi butkul. Men, Dobira, kelgunimga qadar, Isroilning volidasi singari, Bo‘m–bo‘sh edi Isroil qishloqlari!
-
-
-
|Jueces 5:8|Yangi xudolarni Isroil xalqi tanlaganda, Jang qizidi shahar darvozalarida. Na qalqoni, na nayzasi bor edi Isroilning qirq mingta sipohida .
-
-
-
|Jueces 5:9|Qalbim moyil Isroil yo‘lboshchilariga,Xalqning orasidagi fidoyilarga. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!
-
-
-
|Jueces 5:10|Eshiting 1, ey, oq xachir minganlar, Qimmatbaho egarlarda o‘tirganlar! Ey, yo‘lda yayov yurganlar!
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
