Jueces

  • Dobira va Baraq

  • |Jueces 4:1| Ehudning o‘limidan so‘ng Isroil xalqi yana Egamizning oldida qabih ishlar qildi.

  • |Jueces 4:2| Egamiz esa ularni Xazor shahri taxtida o‘tirgan Kan’on shohi Yobinga qaram qilib qo‘ydi. Uning lashkarboshisi Xaroshet–Xagoyim shahrida yashagan Sisaro edi.

  • |Jueces 4:3| Yobinning to‘qqiz yuzta temir jang aravasi 1 bor edi. Uning yigirma yil davomida o‘tkazib kelgan zulmiga chiday olmagan Isroil xalqi najot so‘rab, Egamizga iltijo qildi.

  • |Jueces 4:4| Ayni zamonda payg‘ambar ayol, Lappido‘tning xotini — Dobira Isroil xalqiga hakam 2 bo‘lib xizmat qilayotgan edi.

  • |Jueces 4:5| U Rama va Baytil shaharlari o‘rtasida, Efrayim qirlaridagi ma’lum bir palma daraxti tagida o‘tirar, Isroil xalqi esa janjalli masalalarni yechish uchun uning oldiga borar edi. Keyinchalik xalq o‘sha palma daraxtiga Dobira, deb nom qo‘ydi.

  • |Jueces 4:6| Bir kuni Dobira Naftali yerlaridagi Kedesh shahriga bir odam jo‘natib, Baraqni chaqirtirib keldi. Baraq Abunavamning o‘g‘li edi. Dobira Baraqqa shunday dedi: — Isroil xalqining Xudosi — Egamiz senga amr qilmoqda: “Bor, o‘zing bilan Naftali va Zabulun qabilalaridan o‘n ming nafar odamni Tovur tog‘iga 3 olib chiq.

  • |Jueces 4:7| Men Yobinning lashkarboshisi Sisaroni, jang aravalari va lashkari bilan Xishon soyligining yonida senga ro‘baro‘ qilaman. Bu jangda ularni sening qo‘lingga beraman.”

  • |Jueces 4:8| — Agar sen men bilan borsang, boraman, bormasang, men ham bormayman, — dedi Dobiraga Baraq.

  • |Jueces 4:9| Dobira shunday javob berdi: — Albatta sen bilan boraman, lekin bilginkim, bu g‘alaba senga sharaf keltirmaydi, zero, Egamiz Sisaroni ayol kishining qo‘liga beradi. Shunday qilib, Dobira Baraq bilan Kedeshga jo‘nadi.

  • |Jueces 4:10| Baraq Naftali bilan Zabulun lashkarlarini Kedeshga to‘pladi. To‘planganlardan o‘n mingtasi Baraqqa ergashdi, Dobira ham ular bilan bordi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.