-
Egamizning farishtasi Boximda
-
|Jueces 2:1|Egamizning farishtasi Gilgaldan 1 Boximga kelib shunday dedi: — Men sizlarni Misrdan olib chiqdim. Ont ichib, ota–bobolaringizga beraman, degan yurtga sizlarni olib kirdim. Men: “Sizlar bilan tuzgan ahdimni hech qachon buzmayman”, degan edim.
-
-
-
|Jueces 2:2| Sizlarga: “Bu yurt xalqlari bilan ahdlashmanglar, ularningqurbongohlarini vayron qilinglar”, deb aytmaganmidim?! Lekin sizlar amrimga itoat qilmay, teskarisini qildingizlar.
-
-
-
|Jueces 2:3| Bunday qilganingiz uchun yurtingizda yashab yurgan bu xalqlarni Men endi haydab chiqarmayman. Ular sizlarga dushman bo‘lib 2, ularning xudolari sizlarga tuzoq bo‘ladilar.
-
-
-
|Jueces 2:4|Egamizning farishtasi bu so‘zlarni aytgach, butunIsroil xalqi faryod ko‘tardi.
-
-
-
|Jueces 2:5| Shunday qilib, ular o‘sha yerni Boxim 3, deb atab,Egamizga qurbonliklar keltirdilar.
-
-
-
Yoshuaning o‘limi
-
|Jueces 2:6| Yoshua Isroil xalqini tarqatib yuborgandan so‘ng, har bir odam o‘ziga tushgan yerni mulk qilib olish uchun yo‘lga tushgandi.
-
-
-
|Jueces 2:7| Yoshua davrida odamlar Egamizga sajda qilishar edi. Ular Yoshuaning o‘limidan so‘ng, Egamiz Isroil uchun qilgan buyuk ishlarini ko‘rgan oqsoqollar davrida ham Egamizning amrlarini bajarishar edi.
-
-
-
|Jueces 2:8| Egamizning quli Nun o‘g‘li Yoshua 110 yoshida olamdan o‘tdi.
-
-
-
|Jueces 2:9| Uni Gash tog‘ining shimolida joylashganEfrayim qirlaridagi Timnat–Seraxda 4, o‘zi ulush qilib olgan yerida dafn qilishdi.
-
-
-
|Jueces 2:10| Butun keksa avlod ham olamdan o‘tdi. Isroil xalqining yosh avlodi esa Egamizni tan olmadi, Uning Isroil xalqi uchun qilgan buyuk ishlarini bilmadi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
