Jueces

  • Yurtda qolgan o‘zga xalqlar

  • |Jueces 3:1| [1-2] Egamiz, Kan’on yurtida bo‘lib o‘tgan bironta urushda qatnashmagan Isroil xalqini sinay, hech qachon urush ko‘rmagan bu yangi avlodga jangni o‘rgatay, deb quyidagi xalqlarni qoldirgan edi:

  • |Jueces 3:2|

  • |Jueces 3:3| beshta Filist bekini 1, barcha Kan’on xalqlarini, Sidonliklar va Baal–Xermon tog‘idan to Levo–Xomatgacha 2Lubnon qirlarida yashagan Xiv xalqini.

  • |Jueces 3:4| Ular yordamida Egamiz O‘z xalqi Isroilni sinab, Muso orqali ota–bobolariga bergan amrlarga itoat qilish–qilmasligini ko‘rmoqchi edi.

  • |Jueces 3:5| Shunday qilib, Isroil xalqi Kan’on, Amor, Pariz, Xiv, Xet va Yobus xalqlarining orasida yashadi.

  • |Jueces 3:6| Ular o‘sha xalqlar bilan apoq–chapoq bo‘lib, qiz olib, qiz berishardi, hatto xudolariga ham sig‘inishardi.
  • O‘tniyol

  • |Jueces 3:7| Isroil xalqi Egamizning oldida qabih ishlar qilar edi. Ular o‘z Egasi Xudoni eslaridan chiqarib, Baal va Asheraning tasvirlariga sig‘inishar edi.

  • |Jueces 3:8| Bundan g‘azablangan Egamiz ularni Oram–Naxrayim 3 shohi Kushonrishtamga tobe qilib qo‘ydi. Ular sakkiz yil davomida Kushonrishtamning xizmatida bo‘lishdi.

  • |Jueces 3:9| Ammo Isroil xalqi Egamizga iltijo qilgach, Egamiz ularga qutqaruvchi qilib O‘tniyolni yubordi. O‘tniyol Xolibning jiyani, aniqrog‘i, kenja ukasi Xanazning o‘g‘li edi.

  • |Jueces 3:10| Egamizning Ruhi O‘tniyolni qamrab oldi. O‘tniyol Isroil xalqiga hakam 4 bo‘ldi. O‘tniyol Mesopotamiya shohi Kushonrishtamga qarshi jang qilib, uni yengdi, chunki Egamiz shohni uning qo‘liga bergan edi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.