-
Xalq gunohlari uchun tavba qiladi
-
|Nehemías 9:1| Yettinchi oyning yigirma to‘rtinchi kuniIsroil xalqi yana yig‘in qildi. Ular qayg‘udan qanorga o‘ranib, boshlaridan tuproq sochib, ro‘za tutdilar.
-
-
-
|Nehemías 9:2| Isroil nasli o‘zlarini hamma begonalardan ayirib oldilar, so‘ng o‘zlarining va ota–bobolarining gunohlari uchun tavba qildilar.
-
-
-
|Nehemías 9:3| Ular taxminan uch soat davomida tik turib, Egasi Xudoning Tavrot kitobidan o‘qilgan so‘zlarni eshitdilar. Keyingi uch soat davomida esa tavba qilib, Egasi Xudoga sajda qildilar.
-
-
-
|Nehemías 9:4| O‘sha yerdalevilar turadigan bir zina bor edi. Yeshuva, Banix, Kadmil, Shabaniyo, Bo‘nax, Sharaviyo, Banix va Xanonax o‘sha zinaga chiqib, Egasi Xudoga qattiq ovozda iltijo qildilar.
-
-
-
Levilar tavba–tazarru bilan ibodat qiladilar
-
|Nehemías 9:5| So‘ngralevilardan bo‘lgan Yeshuva, Kadmil, Banix, Xashavniyo, Sharaviyo, Xo‘diyo, Shabaniyo va Patixiyo xalqqa da’vat qilib dedilar: “Endi turinglar, Egangiz Xudoni olqishlanglar!”Levilar hamdu sano o‘qidilar:
“EyEgamiz Xudo ! Senga abadulabad hamdu sanolar bo‘lsin. Senga munosib hamdu sano aytishga tilimiz ojiz bo‘lsa–da, hamma Sening ulug‘vor nomingni olqishlasin.
-
-
-
|Nehemías 9:6| Yolg‘iz SenEgamizdirsan ! Sen osmonni, beqiyos falakni, undagi hamma samoviy jismlarni, zaminni, zamindagi hamma narsani, dengizlarni, dengizlardagi hamma narsani yaratgansan. Ularning hammasiga jon ato qilgan Sensan. Samodagi farishtalar Senga sajda qiladi.
-
-
-
|Nehemías 9:7| SenParvardigor Egamizsan . Sen Ibromni tanlab olding, uni Xaldeydagi Ur shahridan olib chiqding, unga Ibrohim, deb ism berding.
-
-
-
|Nehemías 9:8| Uning sodiqligiga amin bo‘lding. Shuning uchun u bilan ahd qilib, deding: “Sening nasllaringgaKan’on , Xet, Amor,Pariz , Yobus vaGirgosh xalqlarining yurtlarini beraman.” Sen ahdingda turding, chunki Sen sodiq Xudosan.
-
-
-
|Nehemías 9:9| Ota–bobolarimizning Misrdagi azob–uqubatlarini O‘zing ko‘rding, ularning Qizil dengizda qilgan dod–faryodlarini eshitding.
-
-
-
|Nehemías 9:10| Senfir’avnga , uning barcha a’yonlariga, Misr yurtining xalqiga qarshi alomatu mo‘jizalar ko‘rsatding. Chunki ular ota–bobolarimizga nisbatan surbetlarcha ish tutganlarini bilarding. O‘shanda qozongan dovrug‘ing shu kungacha saqlanib qolgan.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
