Nehemías


  • |Nehemías 1:1| Quyidagilar Xaxalyo o‘g‘li Naximiyoning xotiranomasidir. Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yilida, Xislav oyida men Shushandagi qal’asida edim.
  • Naximiyo Quddus uchun qayg‘uradi

  • |Nehemías 1:2| Shunda ukam Xonin boshqa ba’zi odamlar bilan Yahudo yurtidan keldi. Men ulardan asirlikka olib ketilmagan va asirlikdan qaytib borgan yahudiylarning holini, shuningdek, Quddus shahrining ahvolini so‘radim.

  • |Nehemías 1:3| Ular shunday javob berdilar: “Viloyatdagi asirlikka olib ketilmagan va asirlikdan qaytib borgan yahudiylar og‘ir qayg‘u, sharmandali ahvolda qolganlar: Quddusning devori vayron bo‘lib ketgan, darvozalari yondirilgan.”

  • |Nehemías 1:4| Bu so‘zlarni eshitganimda, o‘tirib yig‘ladim. Bir necha kun qayg‘urib yurdim. Ro‘za tutdim, Samoviy Xudoga iltijo qilib yurdim. Unga shunday deb yolvordim:

  • |Nehemías 1:5| “Ey Samoviy Xudo — Egam! Sen buyuk va haybatli Xudosan. Seni sevib, amrlaringga rioya qilgan bandalaringga ahdingni sodiq saqlaysan.

  • |Nehemías 1:6| Men, qulingning ibodatlarini eshit, ahvolimga boq. Isroil xalqi uchun kechayu kunduz qilgan iltijolarimni eshit. Axir, ular Sening qullaring–ku. Men xalqim qilgan hamma gunohlarni e’tirof etaman. Men o‘zim ham, xonadonim ham gunoh qildik.

  • |Nehemías 1:7| Quling Muso orqali bergan amrlaringga, farmonlaringga, qonun–qoidalaringga biz rioya qilmadik, Seni qattiq xafa qildik.

  • |Nehemías 1:8| Yolvoraman, quling Musoga bergan va’dangni yodingda tut. Axir, Sen shunday degansan: “Agar sizlar Menga sodiq bo‘lmasangizlar, Men sizlarni xalqlar orasiga tarqatib yuboraman.

  • |Nehemías 1:9| Lekin Menga yuz bursangizlar, amrlarimga rioya qilib bajarsangizlar, Men sizlarni yig‘ib olaman. Yerning eng chetiga surgun qilingan bo‘lsalaringiz ham, sizlarni o‘sha joylardan yig‘ib kelaman, Men ulug‘lanishim uchun tanlangan joyga sizlarni qaytarib olib kelaman.”

  • |Nehemías 1:10| Biz Sening qullaringmiz, buyuk qudrating va ajoyibotlaring bilan O‘zing qutqargan xalqingmiz.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.