Nehemías


  • |Nehemías 9:31| Ammo shunday bo‘lsa ham, buyuk rahm–shafqating tufayli Sen ularni qirib tashlamading, ularni tark etmading, chunki Sen inoyatli, rahmdil Xudosan!

  • |Nehemías 9:32| Ey Xudoyimiz! Sen buyuk, qudratli va haybatli Xudosan! Sen ahdingda turasan, sodiq sevgingni saqlaysan. Chekkan azob–uqubatlarimizdan ko‘z yumma. Axir, Ossuriya shohlari davridan bugungacha shohlarimiz, yo‘lboshchilarimiz, ruhoniylarimiz, payg‘ambarlarimiz, ota–bobolarimiz, butun xalqimiz boshiga og‘ir azob–uqubatlar tushdi.

  • |Nehemías 9:33| Sen bizni jazolab to‘g‘ri qilding. Sen sadoqat bilan ish tutding, biz esa qabihlik qildik.

  • |Nehemías 9:34| Shohlarimiz, yo‘lboshchilarimiz, ruhoniylarimiz, ota–bobolarimiz Sening qonunlaringga rioya qilmadilar, Sen bergan amrlaringga, ogohlantirishlaringga ular quloq solmadilar.

  • |Nehemías 9:35| Hatto o‘z shohligiga ega bo‘lgan paytlarida, Sen ularga buyuk marhamat ko‘rsatgan bo‘lsang ham, ular Senga xizmat qilmadilar. Sen ularga keng, serhosil bir yurt berding, lekin ular qabih qilmishlaridan qaytmadilar.

  • |Nehemías 9:36| Mana, bugun biz qulmiz! Sen ota–bobolarimizga bergan yurtda biz qul bo‘lib yashayapmiz. Sen esa bu yurtni ota–bobolarimizga mevalaridan, mo‘l–ko‘lchiligidan bahramand bo‘lsin, deb bergansan.

  • |Nehemías 9:37| Ammo gunohlarimiz oqibatida Sen bizni shohlarga tobe qilib qo‘yding. Yurtimizning mo‘l hosili o‘shalarga ketadi. Ular bizga va chorvamizga xohlagan ishini qiladi. Evoh, og‘ir kulfatda qoldik!”
  • Xalq Xudoga itoat etishga qaror qiladi

  • |Nehemías 9:38| Xalq quyidagicha qaror qildi:
    “Bo‘lib o‘tgan voqealar tufayli biz yozma ravishda qat’iy qaror qilyapmiz. Yo‘lboshchilarimiz, levilarimiz va ruhoniylarimiz bu qarorga muhrlarini bosdilar.”



COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.