1 Pedro

  • Leer por capítulos:
    1 2 3 4 5
  • Xudo yo‘lida yashash

  • |1 Pedro 4:1| Masih bu dunyoda azob chekkani kabi, sizlar ham azob chekishga tayyor turinglar. Zotan, azob chekishga rozi bo‘lgan kishi gunohdan yuz o‘girgan bo‘ladi.

  • |1 Pedro 4:2| Bunday odam qolgan umrini nafsini qondirishga emas, Xudoning irodasini bajarishga bag‘ishlaydi.

  • |1 Pedro 4:3| Sizlar o‘tmishda xudosizlarday yashaganingiz yetar. O‘sha vaqtlarda axloqsizlik, shahvatparastlik, sarxushlik, aysh–ishrat, kayf–safo, butparastlik razolati bilan kun kechirardingizlar.

  • |1 Pedro 4:4| Endi esa atrofdagilar sizlarni ko‘rib, hayron bo‘lyaptilar. Ularning yaramas qilmishlariga qo‘shilmaganingiz uchun sizlarni haqorat etyaptilar.

  • |1 Pedro 4:5| Ammo ular o‘z qilmishlari uchun Xudoga javob beradilar. Xudo tirigu o‘liklarni hukm etishga tayyor turibdi.

  • |1 Pedro 4:6| Xushxabar nima sababdan e’lon qilinganini esingizda tutinglar. To‘g‘ri, Xushxabarni eshitgan ko‘p odamlar olamdan ko‘z yumdi, chunki o‘lim bu dunyoga gunoh natijasida kirib keldi. Ular ham, boshqa insonlar kabi, jisman o‘limga mubtalo bo‘lishdi. Biroq bir kun kelib, Xudo ularga ulug‘vor, yangi hayot ato qiladi.

  • |1 Pedro 4:7| Oxirzamon yaqinlashib qoldi. Aqlingizni bir joyga qo‘yib, doim hushyorlik bilan ibodat qilinglar.

  • |1 Pedro 4:8| Avvalambor, bir–biringizni chin yurakdan yaxshi ko‘ringlar. Chunki sevgi ko‘p gunohlarni yuvadi.

  • |1 Pedro 4:9| Nolimay, ochiq chehra bilan bir–biringizni mehmon qilinglar.

  • |1 Pedro 4:10| Xudo sizlarga bergan in’omlar bilan bir–biringizga xizmat qilinglar. Xudoning bu boy ehsonlaridan oqilona foydalaninglar.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.