-
Er–xotinlik munosabatlari
-
|1 Pedro 3:1|[1-2] Egamiz haqi–hurmati, siz, xotinlar, o‘z erlaringizga bo‘ysuninglar. ErlaringizXushxabarni rad etishsa ham, ularga itoat etinglar. Sizning ibratli xulq–atvoringiz har qanday so‘zdan ko‘ra ta’sirliroq bo‘ladi. Erlaringiz pokiza hayotingizni va Xudodan qo‘rqib yashayotganingizni ko‘rib, imonga kelishadi.
-
-
-
|1 Pedro 3:2|
-
-
-
|1 Pedro 3:3| Sizning jozibangiz o‘rilgan sochlar, oltin taqinchoqlar, chiroyli kiyimlar kabi tashqi zeb–ziynatdan iborat bo‘lmasin.
-
-
-
|1 Pedro 3:4| Ammo qalbingizdagi yuvosh va sokinruh sizlarning so‘lmaydigan ichki go‘zalligingiz bo‘lsin. Xudoning nazarida bunday go‘zallikning qadri yuksakdir.
-
-
-
|1 Pedro 3:5| O‘tmishda Xudoga umid bog‘laganmuqaddas xotinlar ham o‘zlari shu yo‘sinda bezanib, erlariga bo‘ysunar edilar.
-
-
-
|1 Pedro 3:6| Masalan, Sora ham Ibrohimga itoat etib, uni xo‘jayin deb atar edi. Agar sizlar yaxshilik qilib, har qanday qo‘rquvdan sarosimaga tushmasangiz, Soraning qizlari hisoblanasizlar.
-
-
-
|1 Pedro 3:7| Ey erlar, sizlar ham, Egamiz haqi–hurmati, xotinlaringizga e’tiborli bo‘linglar, ular zaif jinsdan ekanligini hisobga olinglar. Ular ham abadiy hayotinoyatidan bahramand bo‘lganlari uchun, ularni hurmat qilinglar. Aks holda ibodatlaringiz ijobat bo‘lmaydi.
-
-
-
Haqiqat yo‘lida azob chekish haqida
-
|1 Pedro 3:8| Xullas, o‘zaro hamfikr, hamdard bo‘linglar, bir–biringiznibirodarlarcha yaxshi ko‘ringlar, mehr–shafqatli va kamtar bo‘linglar.
-
-
-
|1 Pedro 3:9| Yomonlikka yomonlik, haqoratga haqorat bilan javob qaytarmanglar, aksincha, hammani duo qilinglar. Zero, Xudo sizlarni shunga da’vat etgan. Bularga rioya qilsangiz, baraka topasizlar.
-
-
-
|1 Pedro 3:10| Axir, Muqaddas Bitiklarda shunday yozilgan:
“Kimki hayotdan zavqlanishni, Baxtli umr ko‘rishni istasa, U tilini yomon so‘zdan tiysin, Og‘zini yolg‘on gapdan asrasin.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
