-
Duoyi salom
-
|1 Pedro 1:1| IsoMasihning havoriysi men — Butrusdan Xudoning tanlangan xalqiga salom! Ey Xudoning aziz xalqi, sizlar bu dunyoda musofir bo‘lib yashayapsizlar, Pontus, Galatiya, Kappadokiya,Asiya va Bitiniya viloyatlariga tarqalib ketgansizlar,
-
-
-
|1 Pedro 1:2| ammo Otamiz Xudo azalda qaror qilib, sizlarni tanladi. Sizlar Iso Masihga itoat etishingiz va Uning to‘kilgan qoni orqali poklanishingiz uchun Xudo qudratli Ruhi bilan sizlarni O‘ziga ajratib oldi. Xudoning cheksizinoyati va tinchligi sizlarga yor bo‘lsin.
-
-
-
Masihdagi umidimiz
-
|1 Pedro 1:3|Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin! U bizga behad rahm–shafqat ko‘rsatib, yangi hayot berdi. Iso Masih o‘likdan tirilib, barhayot bo‘lgani uchun endi bizning umidimiz bor.
-
-
-
|1 Pedro 1:4| Shu bois biz Xudo O‘z xalqiga atagan qut–barakaga ko‘z tikkanmiz. Ha, samoda saqlanayotgan bu abadiy, so‘lmas, beg‘ubor baraka sizlarni kutmoqda.
-
-
-
|1 Pedro 1:5| Oxirzamonda oshkora bo‘ladigannajotdan bahramand bo‘lishingiz uchun, Xudo O‘z qudrati bilan sizlarni omon saqlaydi. Imoningiz tufayli U sizlarni qo‘riqlaydi.
-
-
-
|1 Pedro 1:6| Shuning uchun xursand bo‘linglar! Hozir turli sinovlar tufayli qisqa vaqt qiynalayotgan bo‘lsangiz ham, quvoninglar.
-
-
-
|1 Pedro 1:7| Chunki sinovlar imoningizning samimiy ekanligini isbotlash uchun kerakdir. Hatto yo‘q bo‘lib ketadigan oltin ham olovda toblanib, sinaladi. Sizning imoningiz esa oltindan ming barobar qadrliroqdir. Sinovdan o‘tgan imoningiz Iso Masih oxiratda kelganda sizlarga maqtov va shon–sharaf keltiradi.
-
-
-
|1 Pedro 1:8| Sizlar Masihni ko‘rmagan bo‘lsangiz ham, Uni yaxshi ko‘rasizlar. Hozir ham Masihni ko‘rmay turib, Unga ishonyapsizlar, qalbingiz so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan ajoyib bir quvonchga to‘la.
-
-
-
|1 Pedro 1:9| Axir, imoningiz tufayli jonlaringiz najot topadi.
-
-
-
|1 Pedro 1:10| Payg‘ambarlar izlanib, bu najotni chuqur o‘rganganlar. Sizlarga beriladigan Xudoning inoyati haqida karomat qilganlar.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
