-
Yahudiylarning zafari
-
|Ester 9:1| Shohning amru farmoni ijro qilinadigan o‘n ikkinchi oy — Adar oyining 1 o‘n uchinchi kuni keldi. Bu kunniyahudiylarning g‘animlari, ularning ustidan hukmronlikni egallaymiz, deb umid bilan kutgan edilar. Ammo aksincha bo‘lib chiqdi: yahudiylar o‘z g‘animlari ustidan hukmronlikni o‘rnatdilar.
-
-
-
|Ester 9:2| Yahudiylar yovuz kimsalarga qarshi kurashish uchun shoh Axashverashga 2 qarashli hamma viloyatlardagi o‘zlari yashaydigan shaharlarda 3 bir joyga yig‘ildilar. Hech kim yahudiylarga dosh bera olmadi, chunki yahudiylardan qo‘rquv tuyg‘usi hamma xalqlarni qamrab olgan edi.
-
-
-
|Ester 9:3| Viloyatlardagi hamma beklar, noiblar, hokimlar va shohning a’yonlari Mordaxaydan qo‘rqqanlari uchun yahudiylarni qo‘llab–quvvatladilar.
-
-
-
|Ester 9:4| Mordaxay saroyning yuksak martabali odami bo‘lib, u tobora o‘sib borar, uning shuhrati butun viloyatlarga yoyilardi.
-
-
-
|Ester 9:5| Yahudiylar jamiki dushmanlarini qilichdan o‘tkazib, o‘ldirib, qirib tashladilar. G‘animlariga nisbatan istaganini qildilar.
-
-
-
|Ester 9:6| Jumladan, yahudiylar Shushan qal’asida besh yuz kishini qirib tashladilar.
-
-
-
|Ester 9:7|[7-10] Yana yahudiylar o‘zlarining dushmani Xamadoto o‘g‘li Xomonning o‘nta o‘g‘lini — Parshandata, Dalfon, Aspata, Po‘rata, Odaliyo, Oridato, Parmashto, Orisay, Oriday va Vayzotoni o‘ldirdilar. Ammo mol–mulkiga qo‘l tekkizmadilar.
-
-
-
|Ester 9:8|
-
-
-
|Ester 9:9|
-
-
-
|Ester 9:10|
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
