Ester

  • Ester tilagini shohga ayon qiladi

  • |Ester 5:1| Uchinchi kuni Ester shohona liboslarini kiyib, saroyning ichki hovlisida — shoh yashaydigan xosxona ro‘parasida paydo bo‘ldi. Shoh xosxonaning to‘ridagi taxtda o‘tirib,

  • |Ester 5:2| hovlida kutib turgan malika Esterni ko‘rdiyu, unga marhamat qildi va qo‘lidagi saltanatning oltin hassasini Esterga tomon cho‘zdi. Ester yaqinroq kelib hassaning uchiga tegindi.

  • |Ester 5:3| Shoh undan: — Senga nima kerak, malika Ester? — deb so‘radi. — Tilaging nima? Hatto yarim shohlikni so‘rasang ham beriladi.

  • |Ester 5:4| — Agar shohimiz ma’qul ko‘rsalar, bugun Xomon bilan birga menikiga ziyofatga kelsalar, — dedi malika. — Men shohimiz uchun ziyofat tayyorlagandim.

  • |Ester 5:5| Shoh: — Zudlik bilan borib Xomonni topib kelinglar! — deb buyurdi. — Esterning istagini bajo qilaylik. Shunday qilib, shoh Xomon bilan birga Ester tayyorlagan ziyofatga bordi.

  • |Ester 5:6| Shoh maydan ichar ekan: — Ayt, nima istaysan? Nima istasang beriladi, — dedi. — Qanday tilaging bor? Yarim shohlikni so‘rasang ham, xohishing qondiriladi. Ester shunday javob berdi:

  • |Ester 5:7| — Mening istagim va iltimosim shuki,

  • |Ester 5:8| agar shohimiz mendan mamnun bo‘lsalar, shohimiz mening tilagimni va istagimni qondirishni ma’qul ko‘rsalar, ertaga men tayyorlaydigan ziyofatga Xomon bilan birga kelsinlar. O‘shanda shohimizning savoliga javob beraman.
  • Xomon g‘azablandi

  • |Ester 5:9| Xomon o‘sha kuni ziyofatdan xursand, kayfiyati chog‘ bo‘lib chiqdi. U shoh saroyi darvozasi oldida Mordaxayni ko‘rdi. Mordaxay Xomonning hurmati uchun o‘rnidan turmadi ham, ta’zim ham qilmadi. Xomon esa g‘azabdan tutoqdi.

  • |Ester 5:10| Biroq u o‘zini bosdi. Uyiga kelib, do‘stlarini va xotini Zareshni chaqirtirdi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.