• Leer por capítulos:
    1 2 3
  • Biz uchun ibodat qilinglar

  • |2 Tesalonicenses 3:1| Ey birodarlar, xatimiz ham nihoyasiga yetib qoldi. Biz uchun ibodat qilinglar, xuddi sizlarning orangizda bo‘lgani kabi Rabbimiz Iso haqidagi Xushxabar tarqalaversin va izzat–hurmat bilan qabul qilinsin.

  • |2 Tesalonicenses 3:2| Xudo bizni yovuz va yomon odamlardan qutqarishi uchun ham ibodat qilinglar, chunki hamma ham imonli emas.

  • |2 Tesalonicenses 3:3| Ammo Rabbimiz Iso sadoqatlidir. U sizlarni kuchga to‘ldirib, yovuz shaytondan himoya qiladi.

  • |2 Tesalonicenses 3:4| Siz haqingizda Rabbimiz bizda ishonch hosil qildi. Biz aminmizki, buyurganlarimizni bajaryapsizlar va bajarishda davom etasizlar.

  • |2 Tesalonicenses 3:5| Rabbimiz Iso Masih yuraklaringizni Unga sodiq bo‘lishga va Xudoni sevishga yo‘naltirsin.
  • Ishlagan tishlaydi

  • |2 Tesalonicenses 3:6| Birodarlar, Rabbimiz Iso Masih nomi bilan sizlarga buyuramiz: dangasalik qilayotgan, biz bergan ta’limotlarga ko‘ra yashamayotgan birodarlardan uzoqroq yuring.

  • |2 Tesalonicenses 3:7| Bizdan qanday o‘rnak olishingiz kerakligini o‘zingiz bilasiz. Sizlarning orangizda bo‘lganimizda dangasalik qilmadik.

  • |2 Tesalonicenses 3:8| Birovning nonini bekorga yemadik. Aksincha boshqalarga og‘irligimiz tushmasin deb, kechayu kunduz ishladik. Mashaqqat bilan mehnat qildik.

  • |2 Tesalonicenses 3:9| Albatta, sizlardan biror narsa talab qilishga haqimiz yo‘qligi uchun emas, balki sizlarga namuna bo‘lish uchun shunday qildik.

  • |2 Tesalonicenses 3:10| Axir, sizlar bilan bo‘lganimizda: “Ishlamagan tishlamaydi!” deb aytgandik–ku!


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.