• Leer por capítulos:
    1 2 3
  • Qabih odam

  • |2 Tesalonicenses 2:1| Rabbimiz Iso Masihning kelishi va bizning U bilan birga bo‘ladigan kunimiz haqida quyidagilarni aytsak. Birodarlar, sizlardan o‘tinib so‘raymiz,

  • |2 Tesalonicenses 2:2| Rabbimiz kelibdi, degan gaplar boshingizni aylantirmasin, sizlarni xavotirga solmasin. Bunday gaplar bashorat orqali, biror xabar yoki xuddi biz yozgan xatga o‘xshash bir xat orqali kelib chiqqandir.

  • |2 Tesalonicenses 2:3| Hech kim sizlarni hech qanday usul bilan aldamasin. Ko‘pchilik Xudoga qarshi bosh ko‘tarmaguncha va qabih odam kelmaguncha o‘sha kun kelmaydi. O‘sha odam halokatga mahkum qilingan.

  • |2 Tesalonicenses 2:4| U har qanday “xudo” deb atalgan va sajda qilingan narsaga qarshi chiqib, o‘zini ulardan ustun qo‘yadi. Hattoki, Xudoning Ma’badida o‘tirib olib, o‘zini xudo, deb ataydi.

  • |2 Tesalonicenses 2:5| Sizlar bilan bo‘lganimda shularni aytganim esingizda yo‘qmi?

  • |2 Tesalonicenses 2:6| O‘sha qabih odamni hozir nima tutib turganini o‘zingiz bilasiz. Bu odam belgilangan o‘z vaqtida zohir bo‘ladi.

  • |2 Tesalonicenses 2:7| Ha, qabihlikning yashirin kuchi allaqachon ishga tushgan. Biroq bir zot bu kuchni tiyib turibdi. O‘sha zot olib tashlangandan keyin

  • |2 Tesalonicenses 2:8| qabih odam oshkor qilinadi. Uni Rabbimiz Iso bir nafas bilan halok qiladi. Rabbimiz kelganda, O‘z ulug‘vorligining yorqinligi bilanoq uni yo‘q qilib tashlaydi.

  • |2 Tesalonicenses 2:9| O‘sha qabih odam shaytonning kuchi bilan keladi. Qudratini ko‘rsatib, har xil mo‘jizayu ajoyibotlar qiladi.

  • |2 Tesalonicenses 2:10| Halok bo‘layotganlarni har xil hiyla–makrlar bilan aldaydi. Ular najot beradigan haqiqatni yaxshi ko‘rishni rad qilganlari uchun halok bo‘lyaptilar.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.