2 Pedro

  • Leer por capítulos:
    1 2 3
  • Isoning olamga kelishi muqarrardir

  • |2 Pedro 3:1| Ey azizlarim, bu mening sizlarga yozayotgan ikkinchi maktubimdir. Ikkala maktubimda ham sizlarda pok fikr uyg‘otishga harakat qilib, o‘rganganlaringizni yodingizga solmoqchi bo‘ldim.

  • |2 Pedro 3:2| Xususan, Muqaddas payg‘ambarlarning o‘tmishda aytgan so‘zlarini, shuningdek, Rabbimiz va Najotkorimiz Isoning amrlarini eslashingizni istadim. Rabbimiz Iso bu amrlarni oldingizga borgan havoriylar orqali bergan.

  • |2 Pedro 3:3| Avvalo shuni bilinglar: oxirgi kunlarda shunday mazaxchilar bo‘ladiki, ular chirkin ehtiroslariga berilib yashaydilar. Sizlarni mazax qilib,

  • |2 Pedro 3:4| shunday deydilar: “Rabbimiz Iso kelaman deb, so‘z bergan edi. Qani U?! Mana, ota–bobolarimiz dunyodan o‘tib ketganlaridan beri, hech narsa o‘zgarmadi. Dunyo bino bo‘lganidan beri, hamma narsa shundayligicha turibdi.”

  • |2 Pedro 3:5| Ular haqiqatni rad etganlari uchun shunday gapiradilar, azalda Xudo yeru osmonni O‘z kalomi orqali yaratganini ular inobatga olmaydilar. O‘shanda Xudo yeru osmonni suvlar orasidan paydo qilgandi.

  • |2 Pedro 3:6| So‘ng esa O‘z kalomi orqali qadimgi dunyoni o‘sha suvlar girdobiga cho‘ktirgandi.

  • |2 Pedro 3:7| Hozirgi yeru osmonni esa Xudo O‘z kalomi bilan qiyomat kunigacha asrab turibdi. Qiyomat kuni U hozirgi dunyoni olovga yem qilib, barcha betavfiqlarni halok etadi.

  • |2 Pedro 3:8| Ey azizlarim, Rabbimiz Isoning nazarida bir kun ming yil va ming yil bir kun kabidir, buni doim inobatga olinglar.

  • |2 Pedro 3:9| Ba’zilar Rabbimiz kelmayapti, bergan va’dasini bajarishga U kechikyapti, deb o‘ylamoqda. Aslida unday emas, U sabr–toqat qilyapti, chunki hech kimning halok bo‘lishini istamay, hammaning tavba qilishini xohlayapti.

  • |2 Pedro 3:10| Aslida, Rabbimiz Iso, o‘g‘ri kelganday, nogahon kelib qoladi. O‘sha kuni osmon guvullab yonib, g‘oyib bo‘ladi, samoviy jismlar olov taftidan kuyib ketadi, shunda yer va unda qilingan har bir ish ochiqdan–ochiq oshkor bo‘lib, hukm etiladi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.