-
Duoyi salom
-
|2 Pedro 1:1| IsoMasihning quli vahavoriysi men, Shimo‘n Butrusdan, biz kabi qadrli bir imonga ega bo‘lganbirodarlarga salom! Xudoyimiz vaNajotkorimiz Iso Masih odil bo‘lgani uchun hammamizga birday baraka bergan.
-
-
-
|2 Pedro 1:2| Sizlar Xudoni vaRabbimiz Isoni tanib–bilar ekansiz, Xudoning cheksizinoyati va tinchligi doim sizlarga yor bo‘lsin.
-
-
-
Masihning da’vatiga munosib bo‘linglar
-
|2 Pedro 1:3| Rabbimiz Iso O‘z ulug‘vorligi va ezguligi ila bizni da’vat etib, O‘zini bizga tanitdi. Endi biz Xudoga munosib hayot kechiraolamiz , chunki Rabbimiz ilohiy qudrati bilan bizga zarur bo‘lgan barcha fazilatlarni ato etdi.
-
-
-
|2 Pedro 1:4| Masihning sharofati bilan biz Xudo va’da qilgan barakalarni oldik. Endi sizlar buzg‘unchi ehtiroslar dastidan avj olgan bu dunyoning axloqsizligidan qochib, Xudoning ilohiy tabiatidan bahramand bo‘la olasizlar.
-
-
-
|2 Pedro 1:5| Bularni yodingizda tutib, Xudoga munosib hayot kechirish uchun jon kuydiringlar. Imoningizni fazl–kamolot, ilmu ma’rifat,
-
-
-
|2 Pedro 1:6| vazminlik, sabr–toqat, diyonat,
-
-
-
|2 Pedro 1:7| birodarlaringizga bo‘lgan mehr–oqibat va tugal muhabbat bilan boyitinglar.
-
-
-
|2 Pedro 1:8| Agar bu xislatlarga ega bo‘lib, ularni kamol toptirayotgan bo‘lsangiz, demak, Rabbimiz Iso Masihni haqiqatdan tanib bilgan bo‘lasiz. Kunlaringiz behuda o‘tmagan bo‘ladi, Masihni bilganingiz hayotingizda o‘z samarasini beradi.
-
-
-
|2 Pedro 1:9| Bu xislatlarga ega bo‘lmaganlar esa kaltabin va ko‘rdirlar, ular avvalgi gunohlaridan poklanganini unutganlar.
-
-
-
|2 Pedro 1:10| Shunday ekan, ey birodarlarim, Masih sizlarni tanlaganini va da’vat etganini tasdiqlashga astoydil harakat qilinglar. Aytilgan xislatlarga ega bo‘lsangiz, imondan qaytib ketmaysizlar.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
