1 Juan

  • Leer por capítulos:
    1 2 3 4 5

  • |1 Juan 5:1| Isoning Masih ekanligiga ishongan har bir kishi Xudoning farzandidir. Kim Otani yaxshi ko‘rsa, Uning farzandlarini ham yaxshi ko‘radi.

  • |1 Juan 5:2| Biz bilamizki, Xudoni sevib, Uning amrlarini bajarsak, Xudoning farzandlarini ham yaxshi ko‘rgan bo‘lamiz.

  • |1 Juan 5:3| Xudoni sevish Uning amrlarini bajarish demakdir. Xudoning amrlari esa qiyin emas,

  • |1 Juan 5:4| chunki Xudoning har bir farzandi dunyoni yengishga qodir. Biz imonimiz orqali dunyo ustidan g‘alaba qozonamiz.
  • Isoga bo‘lgan imonimiz dunyoni yengadi

  • |1 Juan 5:5| Ha, Iso Xudoning O‘g‘li ekanligiga ishongan odamgina dunyoni yenga oladi!

  • |1 Juan 5:6| Iso Masih kelganda suvga cho‘mdirilib, biz uchun O‘z qonini to‘kdi. U suvga cho‘mish bilan cheklanibgina qolmay, O‘z qonini to‘kdi. Muqaddas Ruhning O‘zi bu haqda guvohlik beryapti va Uning guvohligi haqiqatdir.

  • |1 Juan 5:7| Shunday qilib, bunga uchta guvoh bor:

  • |1 Juan 5:8| Ruh, suv va qon. Ular bir xil guvohlik berishyapti.

  • |1 Juan 5:9| Biz insonlarning guvohligini qabul qilamiz, Xudoning guvohligi esa undan qanchalar muhimroq. Xudo ham O‘z O‘g‘li haqida guvohlik berdi.

  • |1 Juan 5:10| Xudoning O‘g‘liga ishongan odam Xudoning guvohligini chin dildan qabul qilgan bo‘ladi. Xudoga ishonmagan odam esa Xudoni yolg‘onchiga chiqaradi, chunki u Xudoning O‘z O‘g‘li haqida bergan guvohligiga ishonmaydi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.