-
Muqaddima: Hayot kalomi
-
|1 Juan 1:1| Boshidan ayon bo‘lgan Hayot kalomi haqida biz sizlarga xabar bermoqchimiz. Ko‘rib eshitganlarimizni, ha, o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, o‘z qo‘llarimiz bilan paypaslab ko‘rganlarimizni sizlarga ma’lum qilmoqchimiz.
-
-
-
|1 Juan 1:2| Otamiz Xudoning huzurida bo‘lgan Hayot bizga oshkor bo‘ldi! Biz bu abadiy Hayotni ko‘rib, endi U haqda sizlarga shohidlik qilyapmiz.
-
-
-
|1 Juan 1:3| Ko‘rgan–eshitganlarimizni ma’lum qilish orqali sizlar bilan birodar bo‘lib yashamoqchimiz. Zero, o‘zimiz ham Otamiz Xudo va Uning O‘g‘li IsoMasih bilan yashayapmiz.
-
-
-
|1 Juan 1:4| Bularni sizlarga qalbimiz shodlikka to‘lishi uchun yozyapmiz.
-
-
-
Nurda yashash to‘g‘risida
-
|1 Juan 1:5| Biz Iso Masihdan eshitib, sizlarga yetkazayotganXushxabarimiz shundan iborat: Xudo — nur, Unda hech qanday zulmat yo‘q.
-
-
-
|1 Juan 1:6| Agar biz Xudo bilan yashayapmiz deb turib, oldingiday zulmatda yashasak, yolg‘on gapirib, haqiqatga xilof ish qilgan bo‘lamiz.
-
-
-
|1 Juan 1:7| Bordi–yu, Xudo singari nurda yashasak, bizbirodarlarimiz bilan uyg‘unlikda yashaymiz va Xudo O‘z O‘g‘li Isoning qoni orqali bizni har qanday gunohdan poklaydi.
-
-
-
|1 Juan 1:8| Agar gunohimiz yo‘q desak, o‘zimizni o‘zimiz aldagan bo‘lamiz va bizda haqiqat bo‘lmaydi.
-
-
-
|1 Juan 1:9| Bordi–yu, gunohlarimizni e’tirof etsak, sodiq va adolatli bo‘lgan Xudo gunohlarimizni kechirib, bizni har qanday yomonlikdan forig‘ qiladi.
-
-
-
|1 Juan 1:10| Agar gunoh qilganimiz yo‘q desak, Xudoni yolg‘onchiga chiqargan bo‘lamiz. Demak, Uning kalomi qalbimizdan joy olmagan bo‘ladi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
