Abdias


  • |Abdias 1:1| Quyidagilar Obodiyoning bashoratidir. Egamiz elchi yuborib barcha xalqlarga, Quyidagi xabarini yetkazdi bizga: “Tayyorlaninglar! Qani, kelinglar, Edomga qarshi urushga boraylik!”
    Edom xalqi haqida Egamiz Rabbiy quyidagilarni aytmoqda:

  • Egamiz Edom xalqini jazolaydi

  • |Abdias 1:2| “Ey, Edom xalqi, xalqlarning orasida Men eng arzimas qilib qo‘yaman sizni, Hamma sizlardan nafratlanadi.

  • |Abdias 1:3| Takabburligingiz sizlarni aldadi. Qoyadagi qo‘rg‘ondir poytaxtingiz, Baland tepalikdadir uylaringiz, Shuning uchun aytasiz o‘zingizcha: ‘Kim bizlarni tushira olar yerga?!’

  • |Abdias 1:4| Burgutday baland parvoz qilsangiz ham, Iningiz yulduzlar orasida bo‘lsa ham, Sizlarni tortib tushiraman pastga, — deb aytmoqda Egamiz. —


  • |Abdias 1:5| O‘g‘rilaru bosqinchilar tunda kelsa, Faqat o‘zi xohlagan buyumlarni oladi–ku! Uzum hosilingizni yig‘uvchilar ham Ozgina bo‘lsa–da, uzum qoldiradi–ku! Dushmanlaringiz esa sizni tamoman yo‘q qiladi!

  • |Abdias 1:6| Ey Esovning avlodi — Edom, Hamma narsangizni talon–taroj qilishar, Qadrli buyumlaringizni topib, tortib olishar.

  • |Abdias 1:7| Barcha ittifoqchilaringiz sizga qarshi chiqib, Sizni o‘z yurtingizdan haydab yuborar. Tinchlik va’da qilib aldaydi ular, Ammo sizlarni mag‘lub qilarlar. Sizlarga tuzoq qo‘yar noningizni yeganlar. Sizlar esa buni bilmay qolasizlar.”


  • |Abdias 1:8| Egamiz shunday aytmoqda: “Ey Edom xalqi, hukm qilinadigan kunda, Men donishmandlaringni halok qilurman, Esov tog‘idagi aql–idroklilarin yo‘q qilurman.

  • |Abdias 1:9| Ey Temon shahri, jangchilaring dahshatga tushar, Esov tog‘idagi har bir inson yo‘q qilinar.
  • Edom xalqi jazolanishining sabablari

  • |Abdias 1:10| Qondoshingiz Yoqub avlodiga zulm qilib, Ularni o‘ldirdingiz. Shu bois to abad sharmanda bo‘lib, Butunlay halok bo‘lasiz.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.