Esdras

  • Ezra Quddusga keladi

  • |Esdras 7:1| Oradan ko‘p yillar o‘tdi. Fors shohi Artaxshas hukmronligi davrida Ezra degan bir odam bor edi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi:
    Ezra — Sarayoning o‘g‘li, Sarayo — Ozariyoning o‘g‘li, Ozariyo — Xilqiyoning o‘g‘li,


  • |Esdras 7:2| Xilqiyo — Shallumning o‘g‘li, Shallum — Zodo‘xning o‘g‘li, Zodo‘x — Oxitobning o‘g‘li,

  • |Esdras 7:3| Oxitob — Emoriyoning o‘g‘li, Emoriyo — Ozariyoning o‘g‘li, Ozariyo — Maroyo‘tning o‘g‘li,

  • |Esdras 7:4| Maroyo‘t — Zaraxiyoning o‘g‘li, Zaraxiyo — Uzzining o‘g‘li, Uzzi — Bukkining o‘g‘li,

  • |Esdras 7:5| Bukki — Abushuvaning o‘g‘li, Abushuva — Finxazning o‘g‘li, Finxaz — Elazarning o‘g‘li, Elazar — oliy ruhoniy Horunning o‘g‘li edi.

  • |Esdras 7:6| [6-7] Ezra Isroil xalqining Xudosi — Egamizning Musoga bergan qonunini juda yaxshi biladigan mohir tafsirchi edi. Shoh Artaxshas hukmronligining yettinchi yilida Ezra Bobildan Quddusga tomon yo‘lga otlandi. Isroil xalqidan, ruhoniylardan, levilardan, qo‘shiqchilardan, Ma’bad darvozabonlaridan, Ma’bad xizmatkorlaridan ba’zilari ham Ezra bilan birga Quddusga ketmoqchi bo‘ldilar. Ezraga Egasi Xudo yor bo‘lgani uchun, shoh unga so‘ragan narsasini in’om qildi.

  • |Esdras 7:7|

  • |Esdras 7:8| [8-9] Birinchi oyning birinchi kunida ular Ezraning boshchiligida Bobildan chiqdilar. Ezraga Xudoning marhamati yor bo‘lgani uchun, ular to‘rt oydan keyin — beshinchi oyning birinchi kunida Quddusga yetib keldilar.

  • |Esdras 7:9|

  • |Esdras 7:10| Ezra butun hayotini Xudoning qonunlarini o‘rganishga, bu qonunlarni bajarishga, Isroil xalqiga Xudoning qonun–qoidalarini o‘rgatishga bag‘ishlagan edi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.